Asosiy savollar 2.1. Tadbirkorlik turlari.
2.2.Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bo’yicha tadbirkorlik
2.3. Tadbirkorlik shakllari.
Asosiy o’quv materiallari qisqacha bayoni 2.1 Tadbirkorlik turlari Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va
qishloqlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat,
moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin.
Qayd etilgan ushbu tadbirkorlik faoliyatining har bir turi kichik tur-
larga bo’linadi. Mavjud tadbirkorlik faoliyati turlarini chizma shaklida
quyidagicha ifoda etish mumkin (2.1.1-rasm).
Ishlab chiqarish tadbirkorligi. Ishlab chiqarish tadbirkorligi-ni tad-
birkorlik faoliyatining asosiy turi desa xato bo’lmaydi. Zero, bunday
tadbirkorlik faoliyati tufayli mahsulot,tovarlar ishlab chiqa-riladi, xizmat
ko’rsatiladi, ma’lum ma’naviy qadriyatlar yuzaga keladi.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki yillarida
ti- jorat tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Agar ishlab chiqarish korxona sa-
marador-ligining 10-12% ini tashkil etadi, tijorat faoliyati esa bu
ko’rsatkichni yana 20-30%ga oshiradi.
Moliyaviy tadbirkorlik, tadbirkorlik sohasining alohida olingan
turiga kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarning almashinishi va al-
mashtirilishidan iborat. Moliyaviy faoliyat ishlab chiqarish, tijorat so-
hasini ham qamrab olishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy tadbirkorlik
mustaqil bank va sug’urta muassasalari shaklida ham faoliyat yuritadi.
Moliyaviy bitim tadbirkorlik faoliyatining ilgarigi turlariga nisbatan kam-
roq samara beradi. Bu ko’rsatkich 5-10%ni tashkil etadi. Keyingi vaqtda