Microsoft Word KichikBiznes doc



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

 
2.3. Tadbirkorlik shakllari. 
Tadbirkorlik mulk shakllariga ko’ra davlat, nodavlat, shu jumladan, 
xususiy, aralash shakllarda namoyon bo’ladi. Nodavlat shakllariga xususiy - 
yakka va xususiy - jamoa tadbirkorligi kiradi. O’z navbatida xususiy - yakka 
tadbirkorlik subyektining o’z mexnatiga va yollanma mehnatga asoslangan 
bo’ladi. 
Xususiy
- jamoa tadbirkorlikka sheriklik, paychilik jamoalari, 
aksiyadorlik jamiyatlari kiradi. Aralash tadbirkorlik ko’shma, aralash va ijara 
korxonalari shaklida namoyon bo’ladi. 
Uyushish darajasiga ko’ra,
yakka tartibdagi va jamoa tadbirkorlik 
shakllari mavjud. Yakka tartibdagi tadbirkorlikka yakka tartibda mexnat 
faoliyati bilan shug’ullanuvchi, o’z mexnatiga, xususiy va yollanma mex-
natga asoslangan xususiy tadbirkorlik, oilaviy korxonalar kiradi.
Tadbirkorlikning jamoa shakliga
davlat, shirkat, sheriklik, paychilik, 
mexnatjamoasi korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlari va hokazolar kiradi. 
Faoliyat sohasiga ko’ra,
tadbirkorlik ishlab chikarish, xizmat 
ko’rsatish, tijorat ishi va tijoratda vositachilik qilish shakllariga ega bo’ladi. 
Tadbirkorlik korxonasida ish bilan band bo’lgan xodimlar mikdoriga ko’ra 
kichik, yirik tadbirkorlik shakllarida o’z ifodasini topadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki kichik tadbirkorlik 
ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik
to’g’risida»gi qonuninng 5-moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi 
shakllari mavjud: 
- yakka tartibdagi tadbirkorlik; - xususiy tadbirkorlik; - jamoa tadbirkorli-
gi; - aralash tadbirkorlik. 
Yakka tartibdagi tadbirkorlik
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish-
ning eng oddiy shakli bo’lib, uni tashkil qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan 
«O’zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to’g’risidagi Nizom» bilan 
belgilanadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o’z faoliyatini yuridik 
shaxs tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tad-
birkorlik o’z navbatida ikki turga bo’linadi: - shaxsiy tadbirkorlik; - 
birgalikdagi tadbirkorlik.
 
Shaxsiy tadbirkorlik tushunchasi «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoli-
yatining kafolatlari to’g’risida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha 
bayon etiladi: «Shaxsiy tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlarning o’zi 
tomonidan mulk huquqida, shuningdek mulkka egalik qilish va (yoki) un-
dan foydalanishga yo’l qo’yadigan o’zga mulkiy huquq tufayli o’ziga 
tegishli mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi». 


19 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin