21
3-mavzu.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tash-
kil etish va boshqarish
Dars o’quv maqsadi.
Dars o’quv maqsadi bo’lib, Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat ro’yxatidan
o’tkazish tartibini,ularga lisenziya berish va lisenziyani bekor qilish tart-
ibini,ular boshqaruvining tashkiliy tuzilmalari
va boshqarish usullari va
qarorlar qabul qilish jarayonilarining mazmun-mohiyatini.
bayon qilish va ularni talabalarga o’rgatish hisoblanadi.
Tushunchalar va tayanch iboralar.
Lisenziya. Lisenziya berish. Lisen-
ziyani bekor qilish. Lisenziya berish muddatlari Boshqaruv tashkiliy
tuzilmalari. Boshqaruv usullari. Boshqaruv qarorlari
Maruzani o’tish metodi.
Marua “Bilaman . Bilishni xohlayman .
Bilib
oldim “ va aqliy hujum metodini qo’llash orqali o’tiladi.
Asosiy savollar
3.1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va
davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi
3.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalariga lisenziya ber-
ish va bekor qilish tartibi.
3.3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
korxonalari boshqaruvining
tashkiliy tuzilmalari va boshqarish usullari
Asosiy o’quv materiallari qisqacha bayoni
3.1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil et-
ish va davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish bir
necha bosqichdan iborat.
Yangi korxonani tashkil qilishda ta’sischilar tarkibi belgilanib, ta’sis
hujjatlari, ya’ni
korxona Nizomi, korxonani tashkil etish haqidagi
ta’sischilar shartnomasi va boshqa me’yoriy hujjatlar ishlab chiqiladi.
Shu bilan bir qatorda korxona rahbari va taftish komissiyasi raisini tayin-
lash haqida ishtirokchilar majlisining 1-sonli bayonnomasi rasmiylashtiri-
ladi. So’ngra bankda vaqtinchalik hisob raqami ochiladi.
Bu hisob
raqamiga korxona ro’yxatdan o’tgandan keyin 30 kun ichida Nizom
kapitalining 50 foizi kelib tushishi lozim. Keyin korxona ta’sis
etilgan
joyidagi mahalliy hukumat idoralari tomonidan davlat ro’yxatidan o’tadi.
Birja, auditorlik firmalari va chet el sarmoyasiga ega korxonalar esa
O’zbekistan Respublikasi Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tadi. Korxonani
davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun ro’yxatdan o’tkazuvchi
vakolatli or-
22
ganlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- korxonani ro’yxatdan o’tkazish to’g’risida ta’sischilarning arizasi;
Dostları ilə paylaş: