53
ko’zda tutilgan bo’lsa, bunday stavkalar
progressiv soliq stavkalari
deyiladi. Buni biz O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va
fuqaroligi bo’lmaganlardan olinadigan daromad solig’i stavkasida yaqqol
ko’rishimiz mumkin.
Regressiv soliq stavkasi
usulida daromad o’sishi (oshishi) bilan
mahsulot ishlab chiqarish hajmi ko’payishi yoki
eksportga mahsulot ishlab
chiqarish ko’payishi bilan soliq stavkasi kamayib boradi. Demak, bunday
korxona byudjetga kam soliq to’lay boshlaydi.
Regressiv soliq stavkalari
biror faoliyat yoki sohada mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish yoki o’z
foydasidan biror turdagi xarajatni kamaytirishni rag’batlantirish maqsadida
qo’llaniladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilangan
ayrim mahsulotlar aksiz solig’iga tortiladi.
Aksiz
ba’zi iste’mol tovarlari qiymatiga ustama qo’yiladigan egri
soliqdir. Yegri soliq deb atalishining sababi – uning byudjetga to’lovchilari
aksiz osti tovarlarini ishlab chiqarib sotuvchilardir. Ammo haqiqiy soliq
to’lovchilar mahsulot yetkazuvchilardan
tovarlarni sotib oluvchilar, ya’ni
iste’molchilardir. Shuning uchun bu soliq ba’zi mamlakatlarda iste’mol
solig’i deb ham ataladi.
Aksiz solig’i stavkasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Aksiz solig’i stavkalarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilash har yilgi byudjetning asosiy ko’rsatkichlari belgilangan-
da ko’rsatiladi. Biroq yil davomida aksiz stavkalariga o’zgartirishlar
kiritib
borilishi mumkin.
Aksiz solig’i to’lanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar, mulk
shaklidan qat’iy nazar, shu tovarlarni eksportga chiqarsalar, aksiz solig’i
to’lashdan ozod bo’ladilar. Qizil Yarimoy
jamiyati korxonalari ishlab
chiqargan tovarlardan kelgan daromadlarini jamiyatning Ustavida ko’zda
tutilgan vazifalarni bajarishga sarflasa, u holda ular ham aksiz solig’i
to’lashdan ozod bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: