50
etadi. Buni yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar tajbribasi ham
tasdiqlaydi. Masalan, AQShda 1953 yili Kichik va o’rta biznes ishlari
ma’muriyat (KBM) tashkil etilgan bo’lib, uning zimmasiga kichik va o’rta
biznesni qo’llab-quvvatlash barcha vazifalar (moliyaviy yordam, texnik va
maslahat xizmati, davlat buyurtmalarini olishga ko’maklashish va boshqalar)
yuklatilgan.
KBM tarkibi uch bosqichdan – AQSh poytaxtidagi shtab-kvartira, 10 ta
hududiy boshqarma va 100 dan ortiq mahalliy bo’linmadan iborat. Ular butun
mamlakat bo’ylab keng tarqalgan tarmoqqa ega bo’lib,
mahalliy davlat
hokimiyati organlari, kollejlar, universitetlar, korxona va jamoat tashkilotlari
bilan yaqin aloqada faoliyat yuritadi. AQShda kichik va o’rta biznesni
qo’llab-quvvatlash bilan boshqa idoralar, xususan, Ichki ishlar vazirligi, Uy-
joy qurilishi va shaharlar rivojlanishi vazirligi, milliy ilm fondi,
Fermerlik
ma’muriyat, kichik biznesni rivojlantirish markaz va institutlari, savdo-sanoat
palatasi kabi 2700 dan ortiq federal idora shug’ullanadi.
Keyingi yillarda respublikamizda bozorda infratuzilmalarini faol
shakllantirish jarayoni boshlandi. Bu jarayonning natijalari sifatida kichik
tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko’rsatuvchi brokerlik idoralari, kichik ul-
gurji
va chakana savdo tuzilmalari, lizing, konsalting kompaniya-lari, axbo-
rot-maslahat markazlari, injiniring, auditorlik firmalari, sug’urta kompaniya-
lari, transport-ekspedisiya korxonalari, axborot-reklama byurolari va boshqa
turli xil infratuzilmalar tizimi faoliyat yuritadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojla-nishida
unga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma muassasalarining
tashkil etilishi va
xizmat sifati darajasining yaxshilanib borishi sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda
(6.1.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: