59
MT = MX+IX+ST+A+BIX / M
Bu yerda:
MT - mahsulot tannarxi, so’m / dona, so’m / kg va boshqa;
MX - ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari, so’m;
IX - ishlab chiqarish xususiyatidagi mehnatga haq to’lash xarajatlari,
so’m;
ST - ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urta to’lovlari,
so’m;
A - asosiy vositalar amortizasiyasi, so’m;
BIX - boshqa ishlab chiqarish xarajatlari, so’m;
M - mahsulot miqdori, sentner, dona, kg, tonna va hakozo.
Korxonada rejadagi (biznes-rejada belgilangan) va haqiqiy (hisobot
haqiqatda erishilgan) tannarx hisoblab borilishi mumkin.
Bu rejalashtirilgan
ishlab chiqarish xarajatlarini haqiqatda erishilgan daraja bilan solishtirish, or-
tiqcha moddiy va mehnat resurslari sarflariga yo’l qo’yilgan yoki tejamga er-
ishilganini aniqlash va kelgusida tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Rejadagi tannarx korxonaning mavjud texnik,
texnologik va kadrlar
salohiyati doirasida mahsulot ishlab chiqarishga sarflanishi ehtimoli bo’lgan
xarajatlarning kutilayotgan maksimal darajasini aks ettiradi. Rejadagi tannarx
moddiy resurslarni sarflash me’yorlari asosida hisoblanadi.
Haqiqiy tannarx korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayonini
haqiqatda sarflangan bevosita ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil etadi.
Haqiqiy tannarx rejadagi tannarxdan farq qilishi mumkin.
Agar u rejadagi
tannarxdan yuqori bo’lsa, ishlab chiqarish samardorligining pasayishidan past
bo’lsa, kapital, mehnat va moddiy resurslardan oqilona foydalanish natijala-
rini aks yettiradi. Mahsulot tannarxini hisoblashda faqat shu mahsulotni ish-
lab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar hisobga olinadi. Mahsulotni sotish va
ishlab chiqarishni boshqarish bilan bog’liq
umumkorxona xarajatlari
mahsulot tannarxiga kiritilmay davr xarajatlariga hisobiga kiritiladi.
Mahsulot tannarxini aniqlashda hisoblash obektlarini bilish muhimdir.
Unga qilingan xarajatlarni alohida hisobga olish mumkin bo’lmaganligidan,
umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash obektlari to’g’ri taqsimlash
muhimdir.
Dostları ilə paylaş: