61
aniqlash uchun 1 s. mahsulotning shartli tannarxidan bazis davridagi (yoki
rejadagi) 1 s. mahsulot tannarxini chegirib tashlash kerak:
1 s. mahsulot tannarxining o’zgarishiga intensiv omilning, ya’ni hosildorlik
darajasi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun 1 s. mahsulotning hisobot yi-
lidagi tannarxidan 1 s. mahsulotning shartli tannarxini
chegirib tashlash
kerak:
Ushbu omillar ta’sirlarining yig’indisi 1 s. mahsulot tannarxining umumiy
o’zgarishiga teng kelishi shart.
Tenglik aniqlangandan keyin
omillar tasiriga baho berilib,tannarxni ka-
maytirish imkoniyatlari ko’rsatilib,xulosa qilinishi kerak
Endi,
51-jadvaldagi
ma’lumotlardan
foydalanib,
o’simlikchilik
mahsulotlari tannarxining omilli tahlilini paxta tannarxi misolida ko’rib
chiqamiz.
7.3.1-jadval
1 s. paxta tannarxini tahlil qilish uchun zarur bo’lgan malumotlar
T.r.
Ko’rsatkichlar
Bazis yili
Hisobot yili
o’zgarishi
(+,-)
1
1 gektar ekin maydoni xa-
rajati, ming so’m
1723.5
1809.7
+86.2
2
Paxta hosildorligi, s/ga
22.5
23.5
+1.4
3
1 s paxta tannarxi,so’m
76600
77010
+410
1 s. paxta tannarxining hisobot yilida bazis yiliga nisbatan o’zgarishi:
1 s. paxta tannarxi hisobot yilida bazis yiliga nisbatan 410 so’mga oshgan
(qimmatlashgan)
1 s. paxta tannarxining o’zgarishiga 1 gektar paxta maydoni hisobiga
qilingan xarajat o’zgarishining tasirini aniqlash:
1 gektar paxta maydoni hisobiga qilingan
xarajat summasi hisobot
yilida bazis yiliga nisbatan 86.2 ming so’mga oshgan, natijada shu omil
hisobiga 1 s. paxta tannarxi 3831 so’mga yoki 5 % ga qimmatlashgan:
62
1 s. paxta tannarxining o’zgarishiga
paxta hosildorligi darajasi
o’zgarishining tasirini aniqlash:
1 gektar paxta maydonidan olingan hosil (ya’ni hosildorlik) hisobot
yilida bazis yiliga nisbatan 1,4 s.ga oshgan, natijada shu omil hisobiga 1 s.
paxta tannarxi 3421 so’mga yoki 4.5% ga arzonlashgan.
Ushbu ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki,
tannarxni pasaytirishning
asosiy imkoniyatlari bo’lib, 1 gektarga qilinadigan xarajatlar hajmini
keskin kamaytirish va hosildorlikni yanada oshirish hisoblanadi.
1 s. mahsulot tannarxini tahlili bilan bir
qatorda uning tarkibini xa-
rajat moddalari bo’yicha ham tahlil etish zarur, chunki tannarx tarkibidagi
har bir modda bo’yicha o’zgarishini omilli tahlil qilish asosida uni ar-
zonlashtirish imkoniyatlarini aniq ko’rsatish mumkin.
Tannarx tarkibi va
tarkibiy tuzilishi quyidagi xarajat moddalarbo’yicha o’rganiladi.
1. Mehnat haqi ajratmalar bilan
2. O’g’itlar
3. Urug’lik
4. Amortizasiya
5. Ish xizmatlar
6 Yoqilg’i-moylash materiallari
7.Umumishlab chiqarish xarajatlari
8. Boshqa to’g’ri xarajatlar
Tahlil hisobot yilidagi tannarx tarkibidagi xarajat moddalari hajmini bazis
yilidagi yoki reja bo’yicha ko’zda tutilgan xarajat moddalari hajmiga solishtirib,
o’zgarishini aniqlashdan boshlanadi. Tannarx tarkibidagi har bir moddada o’z
aksini topgan xarajatlar hajmining o’zgarishi ekstensiv
va intensiv omillar
tasirida yuzaga keladi.Ushbu omllarning ta’sirini zanjirli bog’lanish usuli orqala
aniqlab,tannarxni kamaytirish imkoniyatlari ko’rsatiladi
Dostları ilə paylaş: