Microsoft Word KichikBiznes doc


 Mahsulotni tannarxi va uni hisoblash usullari



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

7.2. Mahsulotni tannarxi va uni hisoblash usullari. 
Tannarxda korxona ishlab chiqarish faoliyatining sifat ko’rsatkichlari - 
ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligi, ishlab chiqarish 
texnologiyasi va mehnatni tashkil etish darajasi, korxonani tejamkorlik bilan 
va oqilona yuritish omillari, mahsulot ishlab chiqarish-ni yuksaltirish sha-
roitlari o’z aksini topadi. 
Mahsulot tannarxini hisoblashdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad - uni 
ishlab chiqarishga sarflangan haqiqiy xarajatlarni tegishli hujjatlarda o’z vaq-
tida, to’liq va ishonchli aks yettirish hamda moddiy, mehnat va moliyaviy 
resurslardan tejamkorlik asosida, oqilona foydalanish ustidan nazorat 
o’rnatishdir. 
Mahsulot tannarxi korxona xarajatlari tushunchasidan farq qiladi. 
Korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, sotish va boshqa moliyaviy-xo’jalik 
faoliyati natijasida yuzaga keladigan barcha xarajatlari mahsulot tannarxiga 
kiritilmaydi. Mahsulotning (ishning, xizmatning) ishlab chiqarish tannarxiga 
uni bevosita ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar kiri-tiladi. Ularga 
quyidagilar tegishli: 
• bevosita moddiy xarajatlar; 
• bevosita mehnat xarajatlari; 
• ishlab chiqarish xususiyatiga ega bilvosita ustama xarajatlar. Bu xa-
rajatlarning ko’pchiligini naturada, ya’ni dona, kg, metr va boshqa ko’ri-
nishlarda hisobga olib borish va rejalashtirish mumkin. Ammo mahsulot ish-


58 
lab chiqarishga sarflangan barcha xarajatlarni birgalikda hisobga olish uchun 
ularni yagona o’lchov birligiga - qiymat-pul ko’rinishiga keltirish talab eti-
ladi. 
Ayrim turdagi ishlab chiqarish xarajatlarini yaratilayotgan mahsulot 
tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri kiritish mumkin. Unga ishlab chiqarishdagi ish-
chilarning ish haqi va iste’mol qilingan moddiy resurslar sarfini kiritish 
mumkin. Bunday xarajat turlari bevosita ishlab chiqarish xarajatlari deb yuri-
tiladi. 
Ikkinchi bir xarajat turlari bir necha xil mahsulot etishtirish jarayonida 
ishtirok etishi tufayli (masalan, bir necha xil yekinlarga o’g’it tashigan traktor 
amortizasiyasi) ularga ketgan xarajatlarni shu mahsulotlarni ishlab 
chiqarishdagi ishtirokiga mutanosib taqsimlashga to’g’ri keladi. Bunday xa-
rajatlar bilvosita ishlab chisarish xarajatlari yoki ishlab chiqarishga tegishli 
ustama xarajatlar deb yuritiladi. 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin