Microsoft Word KichikBiznes doc


 Mahsulotlar tannarxining tahlili va uni pasaytirish imkoniyatlari



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

 
7.3. Mahsulotlar tannarxining tahlili va uni pasaytirish imkoniyatlari 
 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar tannarxining tahlilini fermer xo’jaligi misolida ko’rib chiqamiz.
 


60 
Mahsulot etishtirish uchun sarf bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlarining pul 
shaklida ifodalanishi tannarx deb ataladi. Tannarx o’z navbatida jami 
mahsulot tannarxi, mahsulot birligi tannarxi va 1 so’mlik mahsulotga to’g’ri 
keladigan xarajat ko’rsatkichlariga bo’linadi. Bu bo’limda bir birlik mahsulot 
tannarxini tahlil qilish tartibi yoritiladi. 
Mahsulot birligining tannarxi tahlilini amalga oshirish uchun solish-tirish va 
zanjirli bog’lanish usullari keng qo’llaniladi.
Hisobot davridagi bir birlik mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini bazis 
davridagi (yoki rejalashtirilgan) tannarxiga solishtirib, mutlaq va nisbiy 
o’zgarishlari aniqlanadi. So’ngra «Zanjirli bog’lanish» usuli orqali omilli 
tahlil etilib, omillarning har birining ta’siriga baho beriladi va tannarxni pa-
saytirish imkoniyatlari ko’rsatilib, xulosa qilinadi. 
1 s. mahsulot tannarxining o’zgarishi bevosita ekstensiv va intensiv omillar 
ta’siri ostida sodir bo’ladi. Bu omillar quyidagilardir: 
1) 1 gektar ekin maydoni (yoki 1 bosh chorva moli) hisobiga sarf 
bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari hajmining o’zgarishi; 
2) 1 gektar ekin maydonidan olingan hosil (yoki 1 bosh moldan olingan 
mahsulot) miqdorining o’zgarishi (hosildorlik yoki mahsuldorlik darajasining 
o’zgarishi). 
Ushbu omillar ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usuli orqali aniqlash tartibiga 
to’xtalamiz. Tannarx tahlilini o’simlikchilik mahsuloti misolida ko’rib 
chiqamiz. Tannarxning o’zgarishiga omillarning ta’sirini aniqlashdan oldin 
1 s. mahsulotning shartli tannarxini aniqlab olish zarur.

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin