Microsoft Word KichikBiznes doc



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

Korxonaning 
to’lovga qodirligi
deganda to’lov mablaglari bilan qiska 
muddatli majburiyatlarini to’lay olish quvvati tushuniladi.
 
Korxonaning to’lov mablaglarining kiska muddatli majburiyatlariga 
bo’lgan nisbati uning to’lovga qodirligi koeffisiyenti beradi. 
To’lov mablaglariga pul mablaglari, qimmatli kog’ozlar, debitorlik karzla-
ri, tovar-moddiy zaxiralar kiradi. 
Kiska muddatli majburiyatlarga joriy kreditorlik karzlari, kiska muddatli 
kreditlar va karzlar kiradi. 
Tahlilning maqsadi 
Tahlilning maqsadi bo’lib,xo’jalikning to’lovga 
qodirligi koeffisiyentini
 
o’rganish asosida uning darajasini yanada oshirish imkoniyatlarini aniqlash 
hisoblanadi.
Balans bo’yicha to’lov qobiliyatini tahlil etishga kirishishdan oldin balans 
aktivi va passividagi moddalarni maxsus belgilari bo’yicha guruhlash 
maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Balansning aktividagi xo’jalik mablag’lari «likvidlik darajasi (ya’ni pulga 
aylanish 
tezligi)» 
bo’yicha 
va 
balansning 
passividagi 
xo’jalik 
mablag’larining manbalari «to’lov muddatlari darajasi» bo’yicha maxsus 
guruhlarga bo’linadi. 
Balans aktivlarini pulga aylanish tezligi bo’yicha quyidagi 4-ta guruhga 
bo’lib, tahlil etiladi. 
A1 – eng yuqori likvidli aktivlar. Bu guruhga korxonaning barcha pul 
mablag’lari va qisqa muddatli investisiyalari (qimmatli qog’ozlar) kiradi. 
A2 – tez realizasiya etiladigan aktivlar.Ushbu guruhga barcha debitor-
lik qarzlari kiritiladi.
A3 – Sekinlik bilan realizasiya etiladigan aktivlar. 


66 
Bu guruhga tovar moddiy ishlab chiqarish zaxiralari kiritiladi. 
A4 – qiyinchilik bilan realizasiya etiladigan aktivlar. 
Bu guruhga «Uzoq muddatli aktivlar» kiritiladi
Balans passivini «To’lov muddati darajasi» bo’yicha quyidagi 4 ta 
guruhga bo’lib, tahlil etiladi. 
P1 – Tezlikda to’lanadigan majburiyatlar. Bu guruhga joriy kreditorlik 
qarzlari bilan o’z vaqtida qaytarilmagan bank ssudalari kiradi. Joriy kreditor-
lik qarzlari jami kreditorlik qarzlaridan Vazirlar Mahkamasining qarorlari bi-
lan to’lov muddati uzaytirilgan kreditorlik qarzlarini chegirib tashlash orqali 
aniqlanadi. 
P2 – Qisqa muddatli passivlar. 
Ushbu guruhga muddatida qaytarilmagan ssudalardan tashqari qisqa 
muddatli kreditlar va qisqa muddatli qarzlar kiradi. Bularning hajmini 
aniqlash uchun qisqa muddatli kreditlar va qarzlar so’mmasidan Vazirlar 
Mahkamasining Qarorlari bilan to’lov muddati o’zaytirilgan ssuda qarzlari 
so’mmasini chegirib tashlash kerak. Bularni mo’tadil qisqa muddatli kreditlar 
va qarzlar deb atash zarur. 
P3 – Uzoq muddatli passivlar. 
Ushbu guruhga uzoq muddatli kreditlar va uzoq muddatli qarzlar kiradi. 
P4 – Doimiy passivlar. 
Bu guruhga balans passivining 1-bo’limidagi «O’z mablag’larining 
manbalari» ning jami kiritiladi. 
To’lovga qodirlikni ifodalovchi ko’rsatkichlar o’z navbatida uch turga 
bo’linadi. Bularni kuyidagi shakldan ko’rish mumkin. 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin