Microsoft Word KichikBiznes doc


 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

 
6.3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish, 
ulardan olinadigan soliq turlari va soliq imtiyozlari 
Mulk shakllaridan qat’iy nazar, barcha korxonalar O’zbekiston Respub-
likasining «Korxonalar, birlashma va tashkilotlardan olinadigan soliqlar 
to’g’risida»gi qonuniga muvofiq davlat va mahalliy byudjetlarga soliqlar 
to’laydilar. 
Soliqlar
byudjetga tushadigan pul va qonun bilan belgilangan majburiy 
munosabatlardir. Bu munosabatlar soliq to’lovchilar (yuridik va jismoniy 
shaxslar) bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarni ifoda etadi. 
O’zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliq va yig’imlar amal qi-
ladi: - umumdavlat soliqlari; - mahalliy soliq va yig’imlar.
 
Umumdavlat soliqlarga quyidagilar kiradi:
- yuridik shaxslardan oli-
nadigan daromad (foyda) solig’i; - jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig’i; - qo’shilgan qiymat solig’i; - aksiz solig’i; - yer osti boyliklaridan 
foydalanganlik uchun soliq; - suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
 
Mahalliy soliq va yig’imlarga quyidagilar kiradi: 
- mol-mulk solig’i; - yer solig’i; - avtotransport vositalarini olib sotgan-
lik uchun soliq; - savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig’im, shu jumladan, ay-
rim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi lisenziya yig’imlari; - 
yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi 
jismoniy shaxslarni ro’yxatga olganlik uchun yig’im; - avtotransport to’xtash 
joyidan foydalanganlik uchun yig’im; - obodonchilik ishlari uchun yig’im; - 
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun yig’im; - boshqa mahalliy 
ahamiyatga ega bo’lgan yig’imlar.
 
Mahalliy soliq va yig’imlar mahalliy byudjetga o’tkaziladi. Soliq nimaga 
olinsa, o’sha narsa soliq obekti bo’ladi. Soliq obekti 3 guruhga bo’linadi: 
aylanma, daromad va mulk. Soliq obektining har bir soliq birligi uchun 
davlat tomonidan belgilab qo’yilgan me’yori soliq stavkasi deb yuritiladi. Bu 
stavka qat’iy so’mmalarda yoki foizlarda obektga nisbatan qo’llaniladi. Soliq 
stavkalari proporsional, progressiv va regressiv ko’rinishlarda bo’lishi mum-
kin. 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin