Microsoft Word KichikBiznes doc



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

eksport hajmining 72 
foizdan ortig’ini shunday tovarlar tashkil etdi.
Bu, shubhasiz, iqti-
sodiyotimiz izchil diversifikasiya qilinayotgani sharofatidir. Ekspertlarn-
ing e’tirof etishlaricha, mamlakatimiz iqtisodiyotining muttasil rivojlanib, 
eksport ko’lami va geografiyasi kengayishida qulay tadbirkorlik muhiti 
yaratilgani muhim omil bo’layapti. Negaki, kichik biznes shaklan ixcham 
emasmi, bozor talabidan kelib chiqib, o’z qishloqini tezda o’zgarishtirishga 
qodir. Bu uning raqobat maydonida barqaror tura olishini ta’minlaydi. Bir-
gina o’tgan yilning o’zida 450 dan ziyod yangi korxona eksport faoliyatini 
boshlagani buning tasdig’idir. 
Maqsad —
xalqaro ko’rgazmalarda ishtirok etadigan subyektlarni 
aniqlab, ularning mahsulotini targ’ib qilish va chet ellik xaridorlar bilan 
shartnomalar imzolashiga yaqindan yordam berish. Namangan tumanida 
faoliyat ko’rsatayotgan “Istiqlol tekstil dizayn” mas’uliyati cheklangan 
jamiyati aynan jamg’arma ko’magida tashqi bozorga chiqish huquqiga ega 
bo’lish arafasida turganini aytish kifoya. 
Xitoydan import qilish emas,
balki bu mamlakatga mahsulotlarim-
izni eksportga chiqarishning vaqti keldi, — deydi ushbu jamiyat rahbari 
Murod Qurbonov. Chunki yurtimizda xususiy tadbirkorlarga yaratib beri-
layotgan qulay shart-sharoit va imtiyozlar biz, ishlab chiqaruvchilarni 
tashqi bozorga dadil kirib borishga da’vat etmoqda. Dastlabki natijalar u 
yerda kamida 200 ming AQSh dollarilik eksport shartnomalari imzo-
lashimizni ko’rsatmoqda.Ta’kidlash kerakki, “Istiqlol tekstil dizayn” korx-
onasi eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo’lib, bugungi kunda 
ko’plab turdagi erkaklar ko’ylagi va kostyum-shimlari, shuningdek, ichki 
kiyimlar ishlab chiqarilayapti. Bu yerda mehnat qilayotgan 100 ga yaqin 
ishchi-mutaxassislarning deyarli barchasi kasb-hunar kollejla-rini bitirgan 
yoshlardir. Ularning izlanishlari tufayli xaridorlar didiga mos bo’lgan 
liboslarning yangi modellari yaratilayotgani, mahsulotlar esa tabiiy ma-
todan yuqori sifatli qilib tikilayotgani buyurtmachilar safining kengayishi-
ga ko’maklashayapti. Yurtimizda eksport faoliyatini yo’lga qo’yayotgan 


100 
bunday xo’jalik yurituvchi subyektlar sirasiga Andijon shahridagi “Fabrika 
namuna”, Qo’rg’ontepa tumanidagi “Yagona hamkor nuri”, Shahrisabz 
tumanidagi “Shakhrisabz Fraki”, Zarbdor tumanidagi “Katers agroservis”,
Karmana tumanidagi “Sevar Munisa” kabi korxonalarni kiritish mumkin.
Ular Xitoy mezbon-lik qiladigan “Buyuk Ipak yo’li” xalqaro sanoat 
mahsulotlari ko’rgazmasida ishtirok etib, jadal sur’atlarda rivojlanib 
borayotgan 
O’zbekiston 
sanoati 
yutuqlarini 
namoyish 
etadilar. 
Ko’rgazmada tuziladigan shartnomalar esa mamlakatimiz eksport salo-
hiyatini yanada oshirishga munosib hissa bo’lib qo’shilishiga ishonchimiz 
komil. 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin