Microsoft Word KichikBiznes doc


Nazorat savol va topshiriqlar



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

Nazorat savol va topshiriqlar 
1-Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida eksportni qanday
tushunasiz va tahliliy xulosangiz? 
2- Eksportyor korxonalarning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishida 400 
ga yaqin qonun va boshqa hujjatlar borligiga ishonchingiz komilmi? 
3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida eksportbop
mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirish, tovarlarni xorijga eksport
qilish uchun qanday qonunlar,yo’riqnomalar,Jamg’arma va amaldagi ho-
latlarni bilasiz?
Mustaqil ish topshiriqlari. 
1-Sizning tumaningizdagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlarining eksport salohiyati qay holatdaligini o’rganing va tahlil qi-
lib o’z xulosangiz hamda tavsiya\. Takliflaringizni yozma ravishda tayyor-
lang. 
2- Eksportyor korxonalarning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishida 
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida Kichik biznes va xususiy tad-
birkorlik subyektlarining eksport faoliyatini qo’llab-quvvatlash Jamg’armasi
ishiga tushuntirish bering va uning faoliyatidan misollar keltiing/ 
3- Eksport ko’rsatkichlarini hisoblash usullaridan foydalanib, KB va XT 
subyektlardan 1-2 tasi misolida tahliliy xulosalaringizni bering.
 
4-Eksport ko’rsatkichlarini hisoblash usullarini bilasizmi?

Tavsiya etiladigan qo’shimcha adabiyotlar: 
 1.
Sanaqulov Usmon, Mamaraimov Qo’ziboy “Amir temurning jahonshu-
mul faoliyatidan lavhalar” ilmiy-ommabop risola Toshkent “Navro’z” 
nashriyoti, 2014
 
2.
Tog’ayev Abdulla (KB va XT subyektlarini eksportini qo’llab-quvvatlash 
Jamg’armasining Jizzax filiali direktori). Eksportni qo’llab-quvvatlash: 
Jahon bozorlariga chiqish imkoniyatini yanada kengaytirmoqda (internet
ma’lumoti) 
Qisqa xulosalar 
Eksport diversifikasiyasi, ya’ni xorijga sotilayotgan tovar va xizmatlar 
nomenklaturasining kengayishi, jami eksportda alohida tovar yoki xizmat turi 
(ayniqsa, xomashyo) ulushining katta bo’lishiga barham berilishi
mahsulotlarimiz eksport qilinayotgan mamlakatlar geografiya-sini ken-
gaytirish eksport hajmining barqaror bo’lishini ta’minlaydi, milliy iqti-
sodiyotning tashqi bozordagi salbiy o’zarishlarga ta’sirchan-ligi darajasini 
pasaytiradi. 


104 
Eksport tarkibida bir yoki bir necha tovarlar ulushining sezilarli darajada 
ortib ketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan ho-
latlarda eksportchi korxonalarni og’ir ahvolga solib qo’yishi mumkin. Buning 
natijasida eksport hajmining qisqarishi valyuta tushumlarining kamayishi, 
tashqi savdo balansining yomonlashuvi va korxonalar moliyaviy ahvolining 
tanglikka yuz tutishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek eksport umumiy 
hajmining kam sonli davlatlarga bog’lanib qolishi ham qaltis holat hisobla-
nadi. 
eksport hajmini oshirish, uning tarkibini takomillashtirish, umuman 
tashqi savdo aylanmasini divesifikasiya qilish iqtisodiyotimiz tarkibiy 
tuzilishida sifat o’zgarishlariga yerishish, uning raqobatbardoshligini oshirish 
orqali iqtisodiy yuksalish va aholi turmush farovonligini yanada ko’tarish 
maqsadlariga xizmat qiladi. 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin