Ushbu qonunning 16-moddasiga binoan birgalikdagi tadbir- korlikka quyidagilar kiradi: - er-xotinning umumiy mol-mulki negizida amalga oshiriladigan
oilaviy tadbirkorlik; - dehqon xo’jaligining umumiy birgalikdagi mulki
negizida amalga oshiriladigan dehqon xo’jaligi; - o’zlariga umumiy
ulushi mulk huquqida tegishli bo’lgan umumiy mulk negizida yakka tart-
ibdagi tadbirkorlikni amalga oshiradigan shirkat xo’jaligi.
Yuridik shaxs tashkil qilmay, o’z faoliyatini amalga oshiradigan tad-
birkor sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan jismoniy shaxsga davlat ro’yxatidan
o’tkazilganligi haqidagi guvohnoma beriladi va u jismoniy shaxslarni
ro’yxatdan o’tkazish reyestrida qayd qilinadi. Ushbu guvohnoma bankda
hisob-kitob varag’i ochish, soliq organlaridan ro’yxatdan o’tish, muhr va
boshqa rekvizitlarni tayyorlash uchun asos hisoblanadi.
O’zbekistan Respublikasida «Xususiy tadbirkorlik to’g’risidagi Ni-
zom»da xususiy tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta’rif berilgan:
Xususiy tadbirkorlik fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o’z tavak-
kalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda)
olish maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshirila-digan
tashabbuskor xo’jalik faoliyatidir.
Jamoa tadbirkorligi bir guruh fuqarolarning o’zlariga ma’qul
bo’lgan mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini
tashkil etishlari va shu asosda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish-
laridir.
Xususiy firma deganda ayrim shaxs yoki oilaga tegishli, yakka
xususiy mulkka asoslanib faoliyat yuritadigan korxona tushuniladi.
Firmalarning turlari juda ko’p, ularni chizmada quyidagicha tas-
virlash mumkin (2.3.1-rasm).
Firma (korxona) turlari Xususiy fir- malar Shirkat fir-