17
qaysi turi bilan shug’ullanishi, qanday mahsulot ishlab chiqarishi,
qanday xizmat ko’rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. Shu ish
amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug’ullanadi. U to-
varga talabni bilish maqsadida tovarning potensial iste’molchilari,
xaridorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar bi-
lan aloqa qiladi.
Mahsulotni sotish, biror-bir ishni bajarish, xaridorga,
iste’molchiga xizmat ko’rsatish va ma’lum hajmda
foyda olish tadbirkor
ishlab chiqarish faoliyatining natijasidir.Tadbirkorning umumiy moli-
yaviy bahosini rentabellik ko’rsatkichi belgilaydi. U sof foydaning jami
xarajatlarga nisbati shaklida aniqlanadi.
Birgina sabzavot mahsulotlari 2014 yilda 16,3 foizga, poliz 16,6 foizga,
meva 21 foizga, yangi bog’ va uzumzorlar maydoni ikki barobarga ko’payib,
intensiv bog’lar maydoni 14 ming gektarga yetdi. Uzumzorlar 23 ming
gektar, 6 million ko’chat xorijdan keltirildi. 2014
yilda xalqimizning real
daromadlari mustaqillikning dastlabki yillaridagi 10,6 foizdan 52 foizga o’sdi.
MDH mamlakatlari ichida bu ko’rsatkich eng yuqoridir. Oilalar daromadlari
tarkibi o’zgarmoqda – tadbirkorlikdan olinayotgan daromadlar aholi yalpi
daromadlarining yarmidan ziyodini tashkil etmoqda. Bu ham Mustaqil Davlatlar
Hamdo’stligi mamlakatlarida bu ko’rsatkich o’rtacha 20-25 foizdan oshmaydi.
2014 yilda ushbu sektorda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning umumiy
soni 2013 yil oxiriga kelib 190 mingtaga, 2014 yil yakuniga kelib 195 ming-
taga yetdi. 2014 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yo’nalishiga
ajratilgan kreditlar miqdori 2013 yilga nisbatan 30 foizga oshib 9 trillion
so’mni tashkil qildi. Mikrokreditlar miqdori esa 39 foizga oshib 2 trillion
so’m bo’ldi. Ya’ni oxirgi besh yilda mikrokreditlar
miqdori besh barobarga
oshdi. 2014 yilda aholining bandlik darajasi kichik biznes va xususiy tad-
birkorlik sohasida 480 mingta yangi ish o’rinlari tashkil qilindi va mehnatga
yaroqli aholining 76,5 foizi bugungi kunda
ushbu sohada mehnat qilish-
moqda. Birgina 2013 yilda Samarqand viloyati sabzavotchilik sohasining tad-
birkorlari olgan foyda so’mmasi 53 trillion 873 million so’mni tashkil
etdi, jumladan, Bulung’ur tuman sabzavotkorlari 10 trillion 833
million
so’m,Tayloq tumani sabzavotkorlari 9 trillion 621 million so’m, Samarqand
tumani 9 trillion 213 million so’m foyda olishdilar. Tadbirkorlarning sab-
zavotchilikda erishgan iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlarini rentabellik da-
rajasi ko’rsatkichi orqali bilan tahlil etamiz.
2013 yilda Samarqand viloyati sabzavotchilikda 36,6 foiz rentabel-
lik darajasiga erishdi. Jumladan Bulung’ur tuman sabzavotkorlari 35,1
foiz, Tayloq tumani sabzavotkorlari 38,9 foiz, Samarqand tumanida 39,7
foiz bo’ldi. Iqtisodiy tahlillar shuni ko’rsatadiki, Samarqand
tumani sab-
zavotkorlari 3,1 punktga, Tayloq tumani 2,3 punktga viloyat ko’rsatki-
18
chidan yuqori rentabellik darajasiga erishgan bo’lsada, Bulung’ur tu-
manida 1,5 punktga viloyat ko’rsatkichidan past bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: