Microsoft Word KichikBiznes doc



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

Asosiy savollar 
6.1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko’rsatuvchi 
bozor infratuzilmasi turlari 
6.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda banklarning roli 
6.3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish, 
ulardan olinadigan soliq turlari va soliq imtiyozlari
Asosiy o’quv materiallari qisqacha bayoni 
6.1.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga xizmat 
ko’rsatuvchi bozor infratuzilmasi turlari 
Respublikamizda kichik tadbirkorlik subyektlarining samarali faoliyat 
yuritishi va rivojlanib borishi ko’p jihatdan ular uchun yaratilgan shart-
sharoitlarga bog’liq. Kichik tadbirkorlik rivojiga qulay imkoniyat yaratuvchi 
shart-sharoitlar orasida infratuzilma xizmatini alohida ajratib ko’rsatish lozim.
Kichik tadbirkorlik subyektlarida ishlab chiqarish kengayib borishi bilan 
ularning texnik ta’mirlash, moddiy-texnika ta’minoti, mahsulotlarni saqlash, 
qayta ishlash va sotish, kommunikasiya va aloqa, maslahat va axborot kabi bir 
qator xizmat turlariga talabi ortib boraveradi. Chunki kichik tadbirkorlik 
subyektlariga yuridik shaxs maqomini berish bilangina ish bitmaydi. Ularning 
to’laqonli faoliyatini faqat mukammal tashkil etilgan infratuzilma bo’linmalari 
orqaligina tasavvur etish mumkin.
Infratuzilma iqtisodiy tizimning bir qismini tashkil yetib, u ishlab 
chiqarishning bir maromda faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yara-
tadi.
“Infratuzilma” so’zi lotin tilidan (infrastructure) tarjima qilinganda 
“tuzilmadan tashqarida” ma’nosini anglatadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan in-
fratuzilma mohiyatiga quyidagi izoh ko’proq mos keladi: “inson hayoti va 
ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida faoliyatlar almashinuvi ta’minlovchi to-


49 
var va xizmatlar yaratishda o’ziga xos mehnat jarayonlari majmuasi”.
Keyingi yillarda infratuzilma yuqori sur’atlar bilan rivojlanib 
bormoqda. Buni bir qator omillar bilan izohlash mumkin. Xususan, ishlab 
chiqarishning o’sish sur’atlari infratuzilmalar rivojidan oldinda bormoqda va 
bu iqtisodiyotning rivojlanishiga ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda.
Infratuzilma juda keng qarmovli tushuncha bo’lib, bu, avvalo, ishlab 
chiqarish jarayoniga har tomonlama xizmat ko’rsatadigan xizmat turalarini 
yaratish bilan bog’liq. Infratuzilma bo’linmalari rivojlanib borishidan kichik 
tadbirkorlik subyektlari katta manfaat ko’radi, chunkiki bunday bo’linmalar 
ularni ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq ishlardan ozod yetib, 
kuch-g’ayratini asosiy faoliyatiga qaratishga imkon yaratadi.

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin