Microsoft Word KichikBiznes doc



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

6.1.1-jadval 
O’zbekistonda tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko’rsatuvchi mavjud 
infratuzilma obektlari (2010 yil 1 yanvar holatiga, birlikda) 
Infratuzilma obekti nomi 
Soni 
Tijorat banklari filiallari 
1042 
Minibanklar 
2318 
Axborot-maslahat markazlari 
262 
Konsalting markazlari 
327 
Auditor firmalari 
113 
O’quv markazlari 
917 
Baholash kompaniyalari 
138 
Tovar xomashyo birjasining savdo maydonchalari 
204 
Mikrokredit tashkilotlari 
32 
Kredit uyushmalari 
103 
Biznes-inkubatorlar 
34 
Sug’urta tashkilotlari 
32 


51 
Brokerlik idoralari 
1424 
Jadvaldan ko’rinadiki, bugungi kunda mamlakatimiz kichik biznes so-
hasiga o’ndan ortiq turdagi 8 mingga yaqin infratuzilma muassasalari xizmat 
ko’rsatib, faoliyat uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. 
 
6.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda 
banklarning roli 
Bozor iqtisodiyoti o’tilishi tufayli mamlakatda yangi moliyaviy siyosat 
ishlab chiqildi va hukumat tomonidan real hayotda amalga oshirilmoqda. Ja-
miyatdagi har bir iqtisodiy faoliyatning boshlanishi davlatning yaqin-dan tu-
rib bergan moliyaviy yordami tufayli rivojlanib, takomillashib boradi. 
Jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashda banklarning 
rolini oshirib borishga alohida e’tibor beriladi. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining asosiy faoliyati 
banklar bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular olib borayotgan faoliyat – 
xomashyoni sotib olish, ishlab chiqarilgan tovarlar, ko’rsatiladigan xiz-
matlarga haq to’lash, ishlovchilarni ish haqi bilan ta’minlash, turli toifadagi 
korxonalar, firma va boshqalar yuridik shaxslar bilan bo’ladigan iqtisodiy 
munosabatlar, ya’ni olingan foyda va daromaddan soliq to’lash, transport
kommunal xizmatlar uchun to’lovlarning barcha turlari banklar orqali, o’z 
navbatida, olinadigan kreditlar va boshqa hisob-kitoblar ham banklar orqali 
amalga oshadi. 
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlarini 
qo’llab-quvvatlash 
borasida 
e’tiborli 
jihatlardan 
biri 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 10 noyabrdagi 4051-sonli 
«Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining tadbirkorlik subyektlarini 
qo’llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq: 
- tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 18 oygacha muddatga beri-
ladigan eng kam ish haqining 200 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrokred-
itlar maksimal stavkani yillik 5 foizdan 3 foizga; 
- kichik biznes subyektlari faoliyatini kengaytirish va aylanma mab-
lag’larini to’ldirish uchun 24 oygacha muddatga beriladigan eng kam ish 
haqining 500 barobari miqdoridagi mikrokreditlar – Markaziy bank tomoni-
dan qayta moliyalashtirish stavkasining 100 dan 50 foiziga; 
- kichik biznes subyektlari uchun 3 yilgacha muddatga beriladigan eng 
kam ish haqining 2000 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrolizing xizmatlari
maksimal stavkani yillik 7 foizdan 5 foizga tushirildi. 
Kreditlashda bunday ahamiyatli imtiyozlarning belgilanishi mazkur soha 
vakillari tomonidan kreditga talabning va ayni paytda ularga berilayotgan 


52 
kredit hajmining yildan-yilga oshib borishiga olib kelmoqda. 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin