Microsoft Word KichikBiznes doc



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

Infratuzilma
tomonidan yaratiladigan sharoitlarni o’z navbatida 
quyidagicha turkumlash mumkin:

Bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatuvchi – moddiy 
texnika ta’minoti va tayyor mahsulotni sotish, axborotni yig’ish va qayta ish-
lash, buxgalteriya xizmati. Texnologik, boshqaruv masalalari maslahat xiz-
mati va boshqalar; 

Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish shart-sharoitlari – ishchi va xiz-
matchilarning sog’lig’ini, ta’lim olishi va kasbiy tayyorgarligi, dam olishla-
rini qo’llab-quvvatlash.
Shu paytga qadar infratuzilmani ishlab chiqarish va ijtimoiy in-
fratuzilmalar yig’indisidan iborat deb qarab kelingan. Bozor iqtisodiyotiga 
asoslangan iqtisodiy tizim kirib kelishi bilan ishlab chiqarish infartuzilmasi 
ko’lami kengayib, “bozor infratuzilmasi” va “institusional infratuzilma” 
so’zlari iste’molga kirib bormoqda.
Bozor infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat 
ko’rsatuvchi tarmoqlarni o’z ichiga oladi. Uning tarkibiga yuk transporti, el-
ektr, gaz va suv ta’minoti, ombor xo’jaligi, aloqa, axborot, moddiy-texnika 
ta’minoti, mahsulotni tashish, saqlash va qayta ishlash, texnik xizmat 
ko’rsatish, marketing va reklama, axborot-maslahat, auditorlik, moliya-kredit 
va investision kabi xizmat turlari kiradi.
Ijtimoiy infratuzilma ishlab chiqarish jarayonida ishchi va xizmat-
chilarga normal mehnat faoliyati yaratish va ishchi kuchini takror hosil qilish, 
shuningdek tadbirkorlarning turli maishiy xizmat turlariga talabini qondirish 
uchun xizmat qiladi.
Institusional infratuzilma iqtisodiyot rivojlanishining optimal mak-
roiqtisodiy nisbatlarini qo’llab-quvvatlovchi va tartibga soluvchi sohalar 
faoliyat turlarini o’z ichiga oladi. Unga iqtisodiyotni tartibga solib turuvchi 
davlat va nodavlat boshqaruv organlari va boshqalar kiradi.
Kichik va o’rta tadbirkorlik subyektlarini tartibga solib va qo’llab-
quvvatlovchi bozor infratuzilmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb 


50 
etadi. Buni yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar tajbribasi ham 
tasdiqlaydi. Masalan, AQShda 1953 yili Kichik va o’rta biznes ishlari
ma’muriyat (KBM) tashkil etilgan bo’lib, uning zimmasiga kichik va o’rta 
biznesni qo’llab-quvvatlash barcha vazifalar (moliyaviy yordam, texnik va 
maslahat xizmati, davlat buyurtmalarini olishga ko’maklashish va boshqalar) 
yuklatilgan.
KBM tarkibi uch bosqichdan – AQSh poytaxtidagi shtab-kvartira, 10 ta 
hududiy boshqarma va 100 dan ortiq mahalliy bo’linmadan iborat. Ular butun 
mamlakat bo’ylab keng tarqalgan tarmoqqa ega bo’lib, mahalliy davlat 
hokimiyati organlari, kollejlar, universitetlar, korxona va jamoat tashkilotlari 
bilan yaqin aloqada faoliyat yuritadi. AQShda kichik va o’rta biznesni 
qo’llab-quvvatlash bilan boshqa idoralar, xususan, Ichki ishlar vazirligi, Uy-
joy qurilishi va shaharlar rivojlanishi vazirligi, milliy ilm fondi, Fermerlik
ma’muriyat, kichik biznesni rivojlantirish markaz va institutlari, savdo-sanoat 
palatasi kabi 2700 dan ortiq federal idora shug’ullanadi.
Keyingi yillarda respublikamizda bozorda infratuzilmalarini faol 
shakllantirish jarayoni boshlandi. Bu jarayonning natijalari sifatida kichik 
tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko’rsatuvchi brokerlik idoralari, kichik ul-
gurji va chakana savdo tuzilmalari, lizing, konsalting kompaniya-lari, axbo-
rot-maslahat markazlari, injiniring, auditorlik firmalari, sug’urta kompaniya-
lari, transport-ekspedisiya korxonalari, axborot-reklama byurolari va boshqa 
turli xil infratuzilmalar tizimi faoliyat yuritadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojla-nishida 
unga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma muassasalarining tashkil etilishi va 
xizmat sifati darajasining yaxshilanib borishi sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda 
(6.1.1-jadval). 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin