Microsoft Word KichikBiznes doc


«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi 
O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish 
haqida”
gi 
Qonun 
loyihasi 
tadbirkorlikni 
rivojlantirishni 
yanada 
rag’batlantirish, tadbirkorlik subyektlarining faoliyati uchun katta erkinliklar 
berish va ularni tashkil etishning mavjud tartibotini soddalashtirishga qaratil-
gan. Qonun loyihasida tadbirkorlik subyektining haqligi prezumpsiyasi 
to’g’risida alohida norma kiritilgan bo’lib, unga ko’ra tadbirkorlik faoliyatini 
amalga oshirishda yuzaga keladigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqli-
klar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin qilinadi, bu esa ularning 
qonuniy huquqlari va manfaatlarini yanada ko’proq va ishonchliroq himoya 
qilish imkonini beradi. 
Ta’kidlash joizki, yurtimizda 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlarining eksport faoliyatini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi 
ek-
sport salohiyatini oshirish, jumladan, mahalliy tadbirkorlarning xorij bozor-
lariga dadil kirib borishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, zarur hol-
larda ko’mak berilmoqda. Xususan, Jamg’armaning 
Jizzax filiali faoliyati
misolida olsak, 2013 yilning yanvar-fevral oylarida 30 ga yaqin kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ko’rsatilgan huquqiy, moliyaviy va 
tashkiliy xizmatlar tufayli 
ular 3,6 million AQSh dollarilik mahsulotlarini 
chet ellik buyurtmachilarga sotishga muvaffaq bo’ldilar.
Yaqinda esa 
“Kapyers-Agro-Syervis”, “Tabiiy Qazilma”, “Didosa paint“ va “Maxsus 
Ta`minot Konserva” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari rahbarlari ham filial-
ga murojaat qilib, o’zaro bitimni imzolagan holda, korxonalarida ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qilish uchun tijorat tak-
liflarini berishdi.
Muxtasar aytganda, bizni mamlakatda avvalo, ishlab chiqaruvchilar 
yordamida ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan boyitish, ortganini esa ek-
sportga chiqarish borasida rejali asosda faoliyat yuritilmoqda. Bundan 
ko’zlangan maqsad esa aniq: iqtisodiyotimizni yanada yuksaltirish orqali 
O’zbekistonni dunyo ahliga etakchi eksportchi davlat sifatida tanitishdan ibo-
rat. Eksport taraqqiyotimiz ko’zgusidir. Tashqi savdo aylanmasi, xususan, 
eksportning geografik tarkibida MDH mamlakatlarining ulushi 2009 yil ya-
kunlariga ko’ra, 33,9 foizni tashkil yetdi. 2009 yilda mamlaktimiz korxonala-
ri eksportining 21,0 foizi Rossiya Federasiyasi, 7,2 foizi Ukraina, 6,2 foizi 
Qozog’iston hissasiga to’g’ri keldi. Uzoq xorij davlatlariga qilingan eksport-
ning jami eksportdagi ulushi 2008 yilda 65,8 foiz, 2009 yilda yesa 66,7 foizni 
tashkil yetdi. Bu mamlakatlar bo’yicha mamlakatimiz eksportining difersifi-
kasiyalashuv darajasi nisbatan chuqurroq bo’lib, 2009 yil ma’lumotlariga 
ko’ra faqat Xitoy (9,7%), Shvesariya (7,9%), Afg’oniston (3,3%), Turkiya 
(3,2%), Yeron (2,7%), Germaniya (2,2%), AQSh (1,7%) ning mamlakatimiz 
eksportidagi ulushi 1 foizdan yuqoridir. 


92 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin