Microsoft Word KichikBiznes doc


“Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida”



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

“Oilaviy tadbirkorlik to’g’risida”
gi Qonun ham qabul qilinishining
asosiy maqsadi iqtisodiyotning turli sohalarida oilaviy tadbirkorlikni kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikning muhim shakli sifatida rivojlantirish uchun 
zarur qonunchilik bazasini yaratish, oilaviy biznes uchun huquqiy 
kafolatlarni kuchaytirish va yangi ish joylarini tashkil etishdan iborat. Qonun 
bilan oilaviy korxona ishtirokchilari aniq ta’riflab berildi, ularni ro’yxatga 
olish va tugatishning aniq mexanizmi belgilandi, oilaviy korxonaning in-
fratuzilmaga ulanishi tartibotlari soddalashtirildi. Shuningdek, oilaviy korx-
onalarning buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi soddalashtirilgan 
holda amalga oshirilishi belgilandi. 
“Raqobat to’g’risida”
gi Qonunning o’ziga xos yangi jihatlaridan biri 
shuki, qonun moliya bozorlarida monopollashish, raqobatning cheklanishi va 
ustunlik mavqyeini suiiste’mol qilish holatlariga barham berib, sog’lom 
raqobat muhiti yuzaga kelishini ta’minlaydi, ya’ni umuman olganda tovar va 
moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Shu 
bilan birga, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari 
va yuridik shaxslar birlashmalariga raqobatni cheklaydigan hujjatlar qabul 
qilish hamda harakatlarni amalga oshirish taqiqlandi. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojini ta’minlaydigan
rag’batlantirish tamoyillari
– bular soliq imtiyozlari berish, soddalashtiril-
gan soliqqa tortish tizimini qo’llash, imtiyozli kreditlash, soliq va buxgalteri-
ya hisobotlarini davlat soliq va statistika organlariga taqdim etish davriyligi 
va muddatlarini qisqartirish, soliq tekshiruvlari va boshqa tekshiruvlarni dav-
riyligini qisqartirish yo’llari bilan amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyektlarini iqtisodiy stimullar yordamida qo’llab-
quvvatlashda soliq imtiyozlari muhim rol o’ynaydi. 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin