95
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik subyektlariga quyidagi imtiyozlar berilgan. Shular jumlasiga:
- yagona soliq to’lovi ishlab chiqarishni modernizasiyalashga, texnik va
texnologik jihatdan qayta jihozlashga, yangi texnologik jihoz xarid qilishga,
ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish
ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qi-
lish kabi vazifalarga yo’naltiriladigan mablag’lar so’mmasiga besh yil
davomida kamaytiriladi;
- yagona soliq to’lovini to’lashdan nogironlarning jamoat birlashmalari,
"Nuroniy" jamg’armasi va "O’zbekiston chernobilchilari" assosiasiyasi mul-
kida bo’lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar,
1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuri-
dik shaxslar ozod qilingan;
- ishlab chiqaruvchi kichik korxonalarga yagona soliq to’lovini hisoblash
paytida, soliq solinadigan baza yangi texnologik asbob-uskunalar qiymatiga
besh yil mobaynida, soliq solinadigan bazaning ko’pi bilan 25 foiziga ka-
maytirish huquqi berilgan;
- yagona soliq to’lovini to’lovchi bo’lgan mahalliy ishlab chiqaruvchi
korxonalar yagona soliq to’lovi to’lash muddatini davlat ro’yxatidan
o’tkazilgan paytdan e’tiboran bir yil muddatga kechiktirish huquqiga ega.
Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasining «Oilaviy tadbirkorlik
to’g’risida»gi O’RK-327-sonli Qonunida:
- oilaviy korxona ishtirokchi-
lari oila yashab turgan turar joyda turar joylarini noturar joylarga
o’tkazmasdan faoliyat yuritishi va o’zi ishlab chiqargan mahsulotni shu joyn-
ing o’zidan sotishiga ruxsat etildi;
- oilaviy korxona ishtirokchilari tomonidan soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlar to’langandan keyin ularning tasarrufida qolgan foyda soliq
solishdan ozod etilishi belgilandi;
- oilaviy korxona, o’zi ishlab chiqargan xalq badiiy hunarmandchiligi va
amaliy san’ati buyumlarini realizasiya qilishdan olingan tushum bo’yicha ya-
gona soliq to’lovini to’lashdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ozod
qilinishi belgilandi.
Dostları ilə paylaş: