Microsoft Word KichikBiznes doc


 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida eksportbop



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

 
10.3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida eksportbop
mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirish 
 
Iqtisodiyotimiz tarkibidagi chuqur o’zgarishlar mamlakatimiz eksport 
salohiyatini mustahkamlash, eksport hajmini barqaror oshirish va uning tar-
kibida ijobiy o’zgarishlarga erishishda eng muhim omilga aylandi. 
Jahon bozoridagi kon’yunkturaning beqarorligiga qaramasdan, 2013 
yilda eksport hajmining o’sishi 10,9 foizdan iborat bo’ldi. Tashqi savdo 
faoliyatidagi ijobiy saldo 1 milliard 300 million dollarni tashkil yetdi. 2013 
yilda qimmatbaho metallar narxining keskin pasayganiga qaramasdan, mam-
lakatimiz oltin-valyuta zaxirasi o’tgan yil davomida 2 foizga ko’paydi. 
So’nggi yillarda eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulotlar ulushi 
barqaror sur’atlar bilan o’sib borayotgani yaqqol ko’zga tashlanmoqda. 2013 
yilda umumiy eksport hajmining 72 foizdan ortig’i tayyor tovarlar hissasiga 
to’g’ri kelgan i iqtisodiyotimiz diversifikasiya qilinayotganining yaqqol 
dalolatidir. 
Mahsulot eksport qiladigan korxonalarni qo’llab-quvvatlashga oid cho-
ra-tadbirlarning amalga oshirilgani eksport faoliyatiga 2014 yakuni bilan 


94 
500 yaqin,2013 yilda esa 450 dan ziyod yangi korxonani jalb etish imkoni 
berilgan edi. Bu borada Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida bar-
cha hududlarda o’z filiallariga ega bo’lgan Kichik biznes va xususiy tad-
birkorlik subyektlari eksport faoliyatini qo’llab-quvvatlash jamg’armasining 
tashkil etilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Ushbu jamg’armaning asosiy vazifasi mamlakatimizda ishlab chiqarila-
yotgan mahsulotlarni eksport qilishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy 
yordam ko’rsatishdan iboratdir. Jamg’armaning o’tgan qisqa davrdagi faoli-
yati davomida 153 ta tadbirkorlik subyektiga umumiy qiymati 56 million dol-
lardan ziyod bo’lgan eksport shartnomalarini tuzishda yordam ko’rsatildi. 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin