104
Eksport tarkibida bir yoki bir necha tovarlar ulushining sezilarli darajada
ortib ketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan ho-
latlarda eksportchi korxonalarni og’ir ahvolga solib qo’yishi mumkin. Buning
natijasida eksport hajmining qisqarishi valyuta tushumlarining kamayishi,
tashqi savdo balansining yomonlashuvi va korxonalar moliyaviy ahvolining
tanglikka yuz tutishiga olib kelishi mumkin.
Shuningdek eksport umumiy
hajmining kam sonli davlatlarga bog’lanib qolishi ham qaltis holat hisobla-
nadi.
eksport hajmini oshirish, uning
tarkibini takomillashtirish, umuman
tashqi savdo aylanmasini divesifikasiya qilish iqtisodiyotimiz tarkibiy
tuzilishida sifat o’zgarishlariga yerishish, uning raqobatbardoshligini oshirish
orqali iqtisodiy yuksalish va aholi turmush farovonligini yanada ko’tarish
maqsadlariga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: