Microsoft Word KichikBiznes doc


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/103
tarix20.11.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#164060
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   103
m0ZCTpKdRYGUgbGiaNWp

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini 
qo’llab-quvvatlash jamg’armasi nodavlat muassasasi shaklidagi yuri-
dik shaxs hisoblanadi. 
Jamg’arma faqat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari 
hamda fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatadi va yordam beradi. 
Jamg’arma mablag’larining boshlang’ich miqdori 5,0 milliard so’mni 
tashkil etadi, buning 2,5 milliard so’mi davlat byudjeti mablag’laridan ber-
iladigan biryo’la badal hisobiga, qolgan qismi esa muassislar – kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, O’zbekiston Respublikasi 
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, shuningdek, boshqa tijorat banklari, 
moliyaviy institutlar va donorlarning ixtiyoriy badallari hisobiga 
shakllantiriladi. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga tashqi iqtisodiy 
operasiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq yuridik, moliyaviy va tash-
kiliy xizmatlar ko’rsatishdan xalqaro amaliyotda umumqabul qilingan mi-
qdorlarda – shartnoma qiymatining 3 foizigacha bo’lgan komission 
ajratmalar tarzida olingan daromadlar, shuningdek, qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan boshqa manbalar Jamg’arma mablag’larining manbalari 
hisoblanadi. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini 
qo’llab-quvvatlash jamg’armasi, jumladan uning hududiy filiallari 2019 
yilning 1 yanvariga qadar barcha turdagi soliqlar, yig’imlar, boj hamda 
davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy ajratmalar to’lashdan ozod qi-
linadi. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tovarlar va xiz-
matlarni oldindan haqini to’lamasdan, akkreditiv ochmasdan yoki 
o’rnatilgan tartibda berilgan eksport shartnomasining sug’urtasi bo’yicha 
polis mavjud bo’lganida 180 kun mobaynida mablag’ kelib tushishi yoki 
orqaga qaytarish muddati kafolatisiz xorijiy valyutaga eksport qilish 
huquqiga egadirlar. 


101 


102 


103 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin