FASL
Duoi ma’sura (go‘zal duolar) bayonida
Bilgilki, duoi ma’sura bisyordurur. Rasuli akram alayhissalom o‘zlari o‘qigan va
kishig‘a o‘qimoqg‘a farmon qilgan duolar, duoyi ma’suradur. Bas, bu duolarni erta va
oqshom namozlaridin keyin va boshqa vaqtlarda o‘qimoq sunnatdur. Duolarning aksarini
«Ihyoul ulum» kitobimda jam’ qildim. Va necha xosiyatlik duolarni «Bidoyat ul hidoya» otlig‘
kitobimda keltirdim. Agar kishi xohlasa ul kitoblardan yod olg‘aykim, ul duolarni bu
kitobda bitmak uzoqg‘a tortadur. Va nechand duolarkim, sunnatdur va xalq orasida ham
unchalik mashhur emasdir, ul duolarni bu kitobda keltirdim, tokim, ul duolarni yod olib,
ma’nosin fahm qilib, har birini o‘z vaqtida amalga kelturgaylar, Banda hech vaqtda Xaq
taologa zoriy va tazarru’dan xoli bo‘lmag‘ay. Vaqtiki odam o‘z uyidin chiqsa, bu duoni
o‘qig‘ay:
Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
127
«Bismillohi tavakkaltu alalloh. Allohumma inniy a’uzubika an azilla av uzalla, av azilla,
av azalla, av azlima av uzlama av ajhala av yujhala alayya».
(Abu Dovud, at-Termiziy, an-Nasoiy «Sahih»laridan.)
Ya’ni: «Parvardigoro, hazratingni ismi shariflari birla panoh tilaydurmen, kishini xor
ko‘rmagimdan va kishi mani xor ko‘rmagidan va kishig‘a zulm qilmog‘imdan va kishi
menga zulm qilmog‘idan va men kishini nodon xo‘rmagimdan va kishi mani nodon
ko‘rmagidan ul Xudoning ismi birlakim, bu olamga mo‘‘min va kofirga ne’mat
berguvchi, oxiratda mo‘‘minning gunohidin o‘tkuvchidur. Toat qilmoqga quvvat va
gunohdan o‘zimni to‘xtatmoqg‘a qudratim yo‘qdur, magar Xaq taoloning inoyati birla,
tavakkal qildim Alloh taologa».
Vaqtiki, masjidga kirsa, bu duoni o‘qig‘ay: .
«Alloxumma salli ala Muhammadin va ala Oli Muhammad va borik va sallim alayhim.
Alloxummag‘firliy zunubiy vaftahliy abvoba raqmatika».
Ya’ni: Ey, bori Xudoyo, rahmating gavharini Muhammad alayhissalomga va ularning oilasi
va ashoblariga nisor aylagil.
Yamin va barakat lutfu-raxmatingni ato qilg‘il ularning hammalariga. Ey bori Xudoyo,
mag‘firat qil gunohlarimizni va ochg‘il bizga rahmating eshigini.
Va masjidga kirishda o‘ng oyog‘ini ilgari qo‘yg‘ay. Va masjidda o‘tirib parokanda so‘z
sodir bo‘lsa, bu duoni o‘qisa kaforat bo‘lur:
«Subhonakallohumma va bihamdika ashhadu anlo iloha illa anta astag‘firuka va atubu
ilayka amalti su’an va zallamtu nafsi fag‘firliy fainnahu lo yag‘firuz-zunuba illo anta».
Ya’ni: Poklik birla yod qilurmen seni ey bor Xudoyo va senga hamd aytmoq birla
guvohlik berurmanki, ibodat qilishga sazovor o‘zingdan boshqa iloh yo‘qtur. Va mag‘firat
talab qilurman sendan va tavba qildim hamma gunoxlarimga. Va sening dargohingga
qaytdim va avval yomon amallarni qilib, o‘z nafsimga zulm qildim. Bas, mag‘firat qilg‘il
mani, shon (martaba) va qol ushbudurkim, sendin o‘zga gunoqni mag‘firat qilg‘uvchi
hech zot yo‘qtur.
«La iloha illallohu, vahdahu lo sharika lah, lahul mulku va lahul hamd, yuhyi va yumiytu
va huva hayyun lo yamutu biyadihil xayru va huva ala kulli sha’yin qodiyr».
(«Muxtasar iymon» kalimasi.)
Ya’ni: Alloq taolodan o‘zga Alloh yo‘qtur, Alloh yagonadir, hech sherigi yo‘qtur.
Hamma olam Haq taoloning mulki va hamdlar Haq taologa xosdur. Tirguzuvchi ham,
o‘ldiruvchi ham o‘zi. Hamisha tirikdurki, hargiz o‘lmas. Va Hamma yaxshiliq aning qudrati
ilgidadur. Hamma ishlarga qodirdurkim, har na xoxlasa qilg‘uvchidir.
Vaqtiki, yangi kiyim kiysa bu duoni o‘qig‘ay: «Ey, bori Xudoyo! Ato qilding va
kiydirding bu kiyimni, sipos va sitoyish (mak^ov va shukrimiz) sengadur.
Va talab qilurman xayr va barokotni, bu kiyim birla yaxshi amal qilmoqni va panoh
tilaydurmen ani sharridin va ani birla yomon amal qilmoqdin».
Yangi oyni ko‘rganda bu duoni o‘qigay:
«Ollohumma ahhil alayno bil-amni val-amon va as-salomata val-islom».
Ey bor, Xudoyo, ato qilg‘il bizlarga amin va omonliq, salomatliq va islomni.
Vaqtiki shamol va bo‘ron tursa, bu duoni o‘qig‘ay:
«Ollohumma an as’ala xayri hazihi ar-riyhi va xayri mo fiho va xayri mo arsalta bihi
va nauzibillohi min sharriho va min sharri mo fiho va sharri mo arsalta bih».
Ey, bor Xudoyo! Tilaydurman sendan bu shamolning yaxshiligini va ul shamoldagi
nimarsalarning yaxshiligini va panoh tilaydurman Alloh taoloning inoyati (yordami) birla
ul shamolning sharridan va aning birla yuborgan nimarsalarning sharridan.
Vaqtiki o‘lumning xabarini eshitsa, bu duoni o‘qig‘ay:
«Subhonallazi lo yamut abadan innalillahi va inna ilayhi rojiun».
Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: |