www.ziyouz.com кутубхонаси
124
rasululloh! Dunyo mendan yuz o‘giribdur. Tangdast va darveshga o‘xshabdurman.
Tadbiri nadur?» Rasul akram s.a.v. aytdilarki, «Saloti maloika va tasbehi xaloyiqni
eshitmadingmu, rizqu ro‘z ul tasbehning barakoti birladur». Ul kishi so‘radi: «Yo,
rasululloq! Ul tasbeh qaysidur?» Rasul alayhissalom aytdilar: «Subhonallohu va
bihamdihi subhonallohu aziym va bihamdihi, astag‘firulloh». Har kuni bomdod
namozining sunnatidin keyin bu tasbehni yuz marotaba aytgil. Xoqlaganingcha dunyo
berur. Agar dunyo talab qilmasang, Haq taolo har kalimasidan bir farishta xalq
qilur. To qiyomatgacha tasbeh ayturlar, savobi senga bo‘lur. Rasul alayhissalom
aytibdur: «Xaloslik ushbudurki, «Subhonallohu valhamdulillohu va lo iloha
illallohu vallohu akbar». Xudo azza va jallaning dargohida hammadin do‘stroq ushbu
to‘rt kalimadur.
Va aytibdurlarki, bu kalimani osmonu zamin ichidagi hamma nimarsadan do‘stroq
tutarmiz. Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Ul kalimakim, tilg‘a yengildur, tarozumiz
uchun og‘ir, hazrati Rahmon dargohida mahbubroqdur: «Subhonallohi va bihamdihi,
astag‘firulloh!»
Sahobai fuqarolar arz qildilarki, «Yo, rasululloh! Boy, badavlat sahobalar
oxiratlik savobini hammasini olurlar, ular bizlar qilgan ibodatlarni ham qiladur va
sadaqa bermak birla bizdan ko‘proq savob topadur, to‘g‘rimi?» Rasul alayhissalom
aytdilarki: «Sizlar darveshlik sababidan aytgan har tasbeh va tahlil va
takbiringlar sadaqadur. Har amri ma’ruf va nahiy, munkarni bajo keltursanglar,
sadaqadur. Agar ahli ayolinglar og‘zig‘a luqma solsanglar ham sadaqadur».
Bilgilki, tasbex. va taxdil, tamjid savobi darveshlar x.aqida ziyoda bo‘lmoqg‘a sabab
bo‘lurki, darveshlar dili mol-Dunyo zulmatidan qora bo‘lmas. Sof, ravshandir. Har
tasbehkim, sof ko‘ngil birla aytilur, ul donag‘a o‘xsharkim, pok va solih yerga
tushgay, samarasi albatta ziyoda bo‘lur. Ammo dunyoning lazzati va shahvatiga oluda
(bulg‘onch) bo‘lgan ko‘ngildan aytilgan 1'asbih sho‘r yerga tushgan uruqqa o‘xsharkim,
hosili kam bo‘lur.
Sahih naqldurkim, hazrat rasululloh s.a.v. bir kuni hujrai muborakdan shodmon va
xuromon, muborak chehralari shodliq asaridan oftobdek duraxshon chiqib kelib,
aytdilarki, «Ey, sahobalarim! Birodarim Jabroil alayhissalom kelib erdi. Dediki, Haq
taolo aytur, ummatlaringdan har kishi menga bir marotaba durud (maqtov, duoi salom)
aytsa, men anga o‘n marotaba rahmat yubormakka kifoyat qilmasmen. Va har kishi
Menga bir salom yuborsa, men anga o‘n salom yubormak birla to‘xtamasmen».
Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishiki menga durud aytsa, hamma farishtalar anga
durud ayturlar. Xoh ko‘p aytsin, xoh kam. Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Menga yaqinroq
va yaxshiroq kishi uldurki, menga durudni ko‘p aytgay, nomai a’moliga o‘n savob bitilur.
Va o‘n ma’siyatni o‘chirurlar».
Va yana rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishikim, safhaga durud bitsa, (modomiki, ul
durud safhada bordur) farishtalar ul kishiga istig‘for ayturlar. Istig‘for fazilati haqida ibn Mas’ud
roziyallohu anhu ayturkim, Qur’onda ikki oyatdurkim, har gunohkor bu oyatni o‘qib mag‘firat
talab qilsa. Haq taolo ul kishining gunohini mag‘firat qilur:
«Vallaziyna izo faaluu fohishatan av zalamuu anfusahum zikrulloha fastag‘faruu li zunubihim. Va man yag‘firuz-zunuba illallohu va lam yusirruu ala mo faaluu va hum yalamuna. Uloika jazouhum mag‘firatun min rabbihim va jannatun tajriy min tahtihal-anhoru xolidiyna fiyho. Va ne’ma-ajrul omiliyn». (Oli Imron, 135-136). Mazmuni: (U taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki
qandaydir gunoh ish qilish bilan o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Ollohni eslab, gunohlarini
mag‘firat qilishni so‘raydigan - har qanday gunohni yolg‘iz Ollohgina mag‘firat qilur, deb
bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan kishilardur. Ularning