Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
122
orasida tirilganlarga o‘xshashdur. Va quruq giyohlar orasida sabzag‘a o‘xshashdur. Va 
g‘azotdan qochganlar orasidan qaytib turub g‘azot qilg‘on yigitga o‘xshashdur». 
Maoz ibn Jabal roziyallohu anhu aytur: «Qiyomat kuni ahli jannat hech nimarsaga 
hasrat tortmaslar. Magar bir soatkim bu olamda Haq taolog‘a zikr etmay o‘tubdur, 
aning uchun hasrat tortarlar». 
Haqiqatan zikrning darajalari bordur. 
Avvalgi daraja ulki, zikr faqat tilda aytilur. G’ofil bo‘lib, dilga asari za’if bo‘lur va 
lekin asardin xoli ham bo‘lmas. Bas, Haqtaoloning zikri ila mashg‘ul bo‘lgan tilning 
darajasi behuda so‘zga mashg‘ul bo‘lgan va sukutdagi, ya’ni xomush turgan tildan 
ziyodadur. 
Ikkinchi daraja ulkim, zikr dilda ham aytilur va lekin dilda mutammakkin (muqim) va 
barqaror bo‘lmas. Ammo takalluf birla dilni zikrg‘a mashg‘ul qilg‘ali bo‘lur. Toki jaxd va 
takalluf qilmag‘uncha dil g‘aflat va nafs xayoliga mashg‘ul bo‘lg‘usidir. 
Uchinchi daraja ulki, zikr dilda barqaror va mustavliy (sobit) bo‘lur, andog‘kim, 
takalluf birla dilni yana bir ishg‘a mashg‘ul qilg‘ali bo‘lur. 
To‘rtinchi daraja ulki, Haq taolo dilg‘a doimiy barqaror va mutammakkin bo‘lur. 
Zikrg‘a o‘rin qolmas. Va mazkuri Haq subhonahu va taolodur. 
Bas, Mazkurni (zikr etiluvchi Haqtaoloni) do‘st tutish bilan zikrni do‘st tutish orasida 
chandon tafovut bordir. Balki kamol uldurki, Mazkurga mashg‘ul bo‘lmoq birla zikr 
ko‘ngildan tamoman bartaraf bo‘lg‘ay. 
Zikr arabiy yo forsiy bo‘lur. Har ikkisi xayoli nafsidan xoli bo‘lmas. Va asli zikr uldurki, 
dil forsiy va arabiydan, balki hamma nimarsadan xoli bo‘lg‘ay Mazkur va matlubdin 
o‘zga hech nimarsa dilga sig‘magaykim, muhabbati mufrit (juda jo‘shqin ishq)ning 
natijasi ushbudur, Ani ishq atalur. Va oshiqi sodiq ma’shug‘idan o‘zga hamma 
nimarsani, balki ma’shuqining ismini ham unutar. Chunonchi, amir Navoiy shu 
mazmunni bu baytda ado qilibdurlar (tarjimon izohi): Chu bo‘ldum ishq aro foniy hadisin 
so‘rmangiz mendan, Ki qolmas zikri zokir, bo‘lsa mazkurida mustahlak. («Navodur-ush 
shabob»dan.) 
Vaqtiki, oshiq bu tariqa mustag‘raq (g‘arq) bo‘lib, Haq taolodan o‘zgani unutsa, 
tasavvuf (so‘fiylik) yo‘lining avvalig‘a yetganidur. Bu holatni so‘fiylar tasavvuf avvali atarlar 
va martabai fano derlar. Ya’ni, solik bu martabada o‘zini va Haq taoloning zikrini unutar. 
Chunonchi, Haq taoloning chandon olami bordurki, bizlar aningdan hech xabarimiz 
yo‘qtur. 
Abadiy olamni ba’zilar «yo‘q» demagining sababi bor, charoki ular ul olamdan ogoh 
emaslar. O’zlari bilgan olamni bilurlar. Bas, odam Haq taolodan o‘zga xamma 
nimarsani, balki o‘zini ham unutsa, osmonu zamin, har nimag‘a qarag‘anda Haq 
taolodan o‘zga hech narsani ko‘rmas. Bu vaqti ayturki, Hamma Udir, ya’ni Haq 
taolodan o‘zga hech ma’bud yo‘qtur. Vaqtiki bu martabaga yetsa, Haq taolo bilan 
solikning orasidagi ikkilik ketar va yagonalik hosil bo‘lur. Va bu martaba tavhid olamidur. 
Vaxdoniyatning avvalidur. Ya’ni ikkilik oradan ketar. Haqtaolodan yiroq va yaqinliqdan 
ogoh bo‘lmas. Judolikni ul kishi bilurkim. ikkilik orada bo‘lsa. Foniy esa o‘zidan 
xabarsizdur. Va Xdq taolodan o‘zga hech nimani tanimas. Bas, judolikni na bilgusidir?
Vaqtiki, inson bu darajaga yetsa, malakut (farishtalar) olami anga kashf bo‘lur. 
Payg‘ambarlar arvohlari va farishtalar yaxshi suratlar birla anga ko‘rinurlar. Va hazrati 
Ilohiyatga yaqinlik paydo bo‘lur. Ahvoli aziym paydo bo‘lurki, hech bir iboratg‘a (so‘zg‘a) 
sig‘mas. Vaqtiki, bu inson o‘ziga kelib, olam ishlaridin ogohbo‘lsa, ul holatning shavqi 
g‘olib bo‘lib, dunyo ichidagi hamma narsa va xaloyiqning qilur ishlari anga noxush 
ko‘rinur. Dunyo ishlarig‘a mashg‘ul bo‘lg‘ondin taajjub qilur va xaloyiq bu davlatdan 
maqrum qolg‘oniga marhamat nazari birla qarar. 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin