Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
120
Ma’nosi: «Ey, jinoyatchi kimsalar, mana bu kunda (mo‘‘minlardan) ajralinglar!». (Yosin, 
59). 
Va agar oyatni qiroat qilib, bo‘lak ma’no andesha qilsa, oyatning haqiqatini ado qilg‘an 
bo‘lmas. 
Har oyatkim, namozda o‘qibdur, aning ma’nosidin o‘zga hech nimarsani andesha 
qilmag‘ay. Balki har oyatning o‘z ma’nosidan o‘zgani andesha qilmoq vaovasadur. 
Chunonchi, Haq subhonaning sifotlari oyatini o‘qisa sifotlar asroridan andesha qilg‘ay, 
Quddus va Jabbor va Aziz va Hakim, mundin o‘zga ma’nolarni. V aqtiki, «Xalaqas-samovoti 
val arz»ni o‘qisa, ajoyib xilqatlarni va Xoliqning san’atini mulohaza qilg‘ay, 
; kamoli va qudratini fahm qilg‘ay. Andog‘fahm qilg‘aykim, hamma mavjudotni Haq taolo 
mavjud qilg‘uvchidir. Bu oyatni o‘qisaki:
«Inno xalaqnal-insona min-nutfatin amshojin, nabtilihi». 
Oyatning tafsiri: «haqiqatan odamni (er va xotinni) otalik va onalik suvlaridan aralash bo‘lgan 
nutfadan yaratdik». (Inson, 2). 
Bas, nutfaning ajoyiblarini andesha qilg‘aykim, bir ; sifatlik qatrai suvdan chandon 
muxtalif nimarsalarni xalq qilmoq, chunonchi: go‘sht va po‘st va ustuxon va tomir va 
mundan o‘zga ajoyiblar, chunonchi, eshitmak va shunga o‘xshash a’zolaridan qo‘l-
oyoq, bosh va ko‘z va zabon va mundan o‘zga ham. Bas, Qur’onning hamma ma’nolarini 
sharh qilmoq qiyindur. 
Bilgilki, Qur’onning ma’nolarini uch toifa fahm qilolmas. Avval ulki, tafsir 
o‘qimagan va arabiy tildan xabari bo‘lmagan. 
Ikkinchi ulki, gunohi kabirani ko‘p qilg‘oni sababidan va bid’atg‘a mukkasidan ketgan 
jihatidan, bid’at va mas’iyat zulmati dilini tiyra (qora) qilgani uchun, Qur’onning 
ma’nolarini fahm qilolmas. 
Uchinchi ulki, zohiriy tilovatga mashg‘ul va mag‘rur bo‘lg‘ay, ma’nolarni mulohaza 
qilmoqtsan tag‘ofildur. Bas, bu tariqa kishilar Kur’onning ma’nolarini fahm qilmoqdan 
mahrumdirlar. 
Beshinchi odob ulki, har oyatning ma’nosiga boqib, dilini ul sifat bilan orasta qilg‘ay. 
Chunonchi: oyati xavfga yetsa, zoriy va tazarru’ (iltijo) qilg‘ay. Haq taoloning sifotlarini 
tavozu’ va shikastalik birla o‘qug‘ay. Vaqtiki kofirlarning botil aqidasi borasidagi oyatga 
yetsa, chunonchi: Haq taologa shirk (bir nechta xudo bor deb e’tiqod) qilmoq va farzandi 
bor degan mushriklar haqidag‘i oyatlarga kelganda, past qilib, sharm va xijolat birla o‘qig‘ay. 
Munga o‘xshash har oyatning ma’nosig‘a boqib, o‘zini ul sifot birla tutsa, oyatning 
haqini ado qilg‘on bo‘lur. 
Oltinchi odob ulki, Qur’onni ta’zim va ikrom birlan o‘qig‘onda andog‘ eshitgaykim, Haq 
taolodin eshitgan bo‘lg‘ay. Buzruklardan biri ayturlar: «Qur’onni o‘qidim, halovat 
topmadim. Rasuli akram s.a.v.dan eshitgan o‘qishni farz qildim, ziyodaroq lazzat topdim. Bas, 
endi andog‘tilovat qilurmenkim, Haq subhonaxu va taolodan payvasta eshiturman, andog‘ 
lazzatni topibdurmenki, hargiz topmag‘an erdim». 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin