Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
116
SAKKIZINCHI ASL 
Qur’on tilovat qilmoq bayonida 
Bilgilki, Qur’on tilovat qilmoq hamma ibodatlardan fozilroqdur. Aladxusus, 
namozda turib qiroat qilmoq. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Ummatlarimning 
hamma ibodatlaridan ortiqrog‘i Qur’on tilovat qilmokdur: kimki, Haq taolo Qur’on 
tilovat qilmoqni ne’mat sifatida ato qilibdur, agar gumon qilsaki, mundan ham 
ulug‘ ne’mat bo‘lg‘ay (deb aytsa), ayni xatodurki, Xudo azza va jalla ulug‘ bilgan 
nimarsani kichik bilgan bo‘lur. Rasul alayhissalom aytibdurlarki: «Qiyomat kuni 
Haq taoloning nazdida hen shafoat qilg‘uchi Qur’ondan ulug‘roq emasdur. Na 
payg‘ambar, na farishta va na o‘zgalar». Yana aytibdurlar: «Haq taolo aytur: Kur’on 
tilovat qilmoqg‘a mash/ul bo‘lub, duo talab qilmog‘ga fursati qoshasa, ul bandamg‘a. 
shokirlarga bergandin ziyoda savob ato qilurman». Rasul alayhissalom aytibdurlar: 
«Ko‘ngilga zang o‘ltirur, temirga zang o‘ltirgani kabi». Sahobalar arz qildilar: «Yo, 
rasululloh! Ul zangni qaysi nimarsa birla aritg‘ali bo‘lur?» Rasululloq s.a.v. aytdilar: 
«Kur’on o‘qimoq, o‘limni ko‘p yod olmoq birla bo‘lur». Rasul alayhissalom 
aytibdurlar: «Men bu olamdan ketayotib, sizlarga ikki va’z qo‘yib ketdim: Biri go‘yo 
so‘zlar, ya’ni Kur’ondur. Yana biri va’zi xomushiy, ya’ni o‘lumdurkim, sizlarga hamisha 
pandu-nasihat bo‘lur». Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytur: «Qur’on o‘qig‘ilki, har bir 
harfig‘a ikki hasana berurlar. Aytamenkim, alif bir harfdur va lom bir xarf va fa bir 
harfdur». Ahmad roziyallohu anxu aytur: «Haq taoloni tushimda ko‘rdim, 
so‘radimki, yo Rab, senga qaysi amal birla yaqin bo‘lurmiz? 
Haq taolo aytdiki, Kalomim Kur’onni tilovat qilmoq birla. Aytdikim, agar ma’nosin fahm 
qilmasa ham, bilgilki, kishi Qur’on o‘qimoqni o‘rganibdur. ani darajasi ulug‘dur». 
Qur’onning hurmatini saqlagay. Va o‘zini noshoyista ishlardin sakdagay. Va hamma 
ahvolda adab birla bo‘lg‘ay. Aks holda Qur’on qiyomat kuni ul kishiga xasm (dushman) 
bo‘lur. Rasul akram s.a.v. aytibdurlar: «Ummatlarimdan aksari munofiq qur’onxonlardur». 
Abu Sulaymon Doroniy aytur: «Bebok (hayosiz) ishlar birla Qur’on o‘qig‘uvchilarni 
do‘zaxbon butparastdan ilgariroq o‘ziga olur». Tavrotda kelibdurkim, Haq taolo aytur: 
«Ey bandalarim! Uyalmaysizlarkim, agar yoru birodarlaringdin noma kelsa, agar 
yurgan bo‘lsanglar, to‘xtarsizlar. Va agar qiyomda (tik) bo‘lsanglar, o‘tirursizlar. 
Bu kitob mening nomamdurkim, sizlarga yuboribdurman, tokim taammul birla o‘qib, 
munga boqib amal qilg‘aysizlar. Holbuki (sizlar) Qur’ondan yuz o‘girib, 
o‘qimassizlar va anga e’tiqod qilmassizlar». Va Hasan Basriy rahmatullohi alayh 
aytur: «Sizlardan ilgari o‘tganlar Qur’onni Haq taolodan kelgan noma deb bilur edilar. 
Kechalarda taammul qilib (chuqur o‘ylab), kunduz amalga keltirur erdilar. Va sizlar 
esa o‘z ishlaringni qilursizlar, va Qur’onning huruf va ohanglarini rostlamassizlar. 
Va anga amal qilmassizlar». 
Bas, hammaga bilmak lozimdurkim, Qur’onni nozil qilmoqdan maqsud faqat tilovat 
qilmoq ermas, balki maqsud-amalga kelturmakdur, o‘qimog‘liq, yod olmog‘liq va 
farmon deb bajarmoq uchundir. Bas, kishi Qur’on tilovat qilib, farmon deb bajarmasa, ul 
bandalarga o‘xsharki, xo‘jasi anga noma yuborgay va nechand ishni farmon qilg‘ay. Bu 
qul nomani o‘qig‘ay va huruflarini rostlagay, ammo hech farmon deb bajarmagay. 
Bundaylar beshak azobu uqubatga mustahiq (loyiq) bo‘lg‘usidir. 
Odobi tilovat bayonida bo‘lg‘ayki, Qur’on tilovat qilguvchi o‘zig‘a besh odobni lozim 
tutg‘ay: avvalg‘i odob ulki, Qur’onni xurmat birla o‘qig‘ay. Va tahorat qilib, yuzini qiblaga 
qilib, tavoze’ birla o‘ltirgay, namozda o‘tirgandek. 
Hazrati Ali roziyallohu anxu ayturlar: «Kishi, Qur’onni namozda turub o‘qisa, har harfiga 
yuz hasana bitilur. Va agar o‘ltirib o‘qisa, ellik hasana bitilur. Agar tahorat birla o‘qisa, ellik 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin