Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
115
kabiralarini afv qilur. Rasul alayhissalom aytibdurlar, «Kishiki, haj niyatida uyidan
chiqsa, yo‘lda o‘lsa, ul kishining nomai a’moliga to qiyomatgacha (har kuni) bir haj
umraning savobini biturlar. Kishikim, Madinada o‘lsa, jannatga (qisob bermay)
kirar. Rasul alayxissalom aytibdurlar: «Kishikim
bir haj qilsa, anga behishtdan o‘zga
hech jazo yo‘kdur». Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Hech gunoh bundan ulug‘roq
emasdurki, Arofot (tog‘i)da turub, gunoqim mag‘firat bo‘ldimu ekan, deb gumon
qilg‘ay. Va Ali ibn Mavqif (buzrukvorlardan edi) ayturkim, «bir yili haj qildim.
Arafa
kechasi edi. Ikki farishtani tushimda ko‘rdum. Yashil kiyim birla osmondan tushdilar.
Biri yana biriga aytadurki. «Bilurmisen, bu yil hojilar necha edi. Yana biri
aytdikim, «Bilmasmen». So‘rag‘uchi aytdikim, «Olti yuz ming kishi edi». Yana
so‘radikim, «Necha kishining xaji qabul bo‘ldi? Aytdiki. «Bilmasmen». Yana o‘zi
javob berdikim. «Olti kishining haji qabul bo‘ldi». Ersa bu tushning vahshatidin
uyg‘ondim. Qattig‘ g‘am va anduhda qoldim. Va aytdim, «hech vakx men bu olti kishidin
emasman». Va (shu) andisha va anduh birla baytul haramga bordim.
Yana ul ikki
farishtani tush ko‘rdim. Hamrohidan so‘raydur, «Bilurmisenki, bu kecha Haq taolo
hojilarga nechuk hukm qildi? Hamrohi dediki. «Bilmasmen». So‘rag‘uchi aytdi:
«Har birig‘a yuz ming kishini baxshish qildi, va gunohini mag‘firat qildi». Bas,
uyqudan
bedor bo‘ldim, shodliqdan Haq taologa shukrlar ado qildim.
Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Haq taolo va’da qilibdurkim, har yili xonai
Ka’bani olti yuz ming kishi haj birla ziyorat qilur. Va agar kishi kam kelsa, Haq
1
taolo
farishtalarni yuborur, toki adad tamomiga yetur. Rasul alayhissalom aytibdurlar:
«Xonai Ka’bani qiyomat kuni Haq nozanin mahbub suratida qilur.
Sahroi qiyomatda
jilvagar bo‘lub, har kishikim haj qilibdur, jo‘rasi birla jam’ qilib, qo‘lidan tutub
jannatga eltur. Ammo fuzalo xaylining sohibi dastgohlari va zurafo (ziyraklar,
nozik fahmlar) zumrasining ramz ogohlari (ishora bilan biluvchilar) zehni solim
(sog‘lom zehn) va tab’i mustaqimlariga xuffo pardasida mastur (yashirin, maxfiy)
qolmag‘aykim, musannifi kitob, hazrati Imom Muhammad G’azzoliy
oliyjanob, bu
kitobi bo-savoblarida faroyizi ro‘za, namoz, haj, zakot kabi musulmon kishiga vojib
bo‘lgan besh majburiyat) tartibida kitobi hajni jami’i sharoit va arkoni sunan
(sunnat) va mustahabot (mustahab amallari) va mufsidi (namozni va boshqa
amallarni buzuvchi) makruhotlarini tafsilan taqrir rishtasiga tizib va safha
maydoniga sizib (yozib)durlar. Bu faqir (tarjimon Muhammad Isoning) arzi ulki,
hajning faroiz va arkoni forsiy va turkiy kitoblarida mastur. Balki hojii
haramaynilar xabarlaridan mutavotur (og‘izdan og‘izga o‘tib) masmu’ (eshitilgan) va
mazkurdurki. sharoiti hajni ehrom bog‘lagandan boshlab, hajni itmomiga (oxiriga)
yetkurib, libosi ehromni tashlag‘uncha bajo kelturmoq lozimdur. Bu diyorlarda
(Turkiston taraflarda) amalga kelturmakka farmon bo‘lmabdur. Bas,
bu sharoit va
arkonni turkiy til birla bu kitobg‘a kelturgandan ommai musulmonlarga juda ko‘p
foyda va xosiyatlar so‘zsiz hosil bo‘lmog‘i shu vaqtgacha tasvirlangan
emas. Bu vajhdan faqiri bebizoat (sarmoyasiz) dami be istitoat (kuch-quvvati
yo‘q) jiqatdan hajning faroyizi va vojibotlarig‘a shuru’ qilmokdan o‘zimni ma’zur
tutub, hazrati musannif bu kitobda zikr qilgan hajning xosiyati va fazilatlari
tarjimasiga iktifo qilindi. (Duolar jumlasidan) Tavfiq topish va gunohdin uzoq
bo‘lishlik Allohning yordami bilan bo‘ladi. (Quyiroqda safar
odoblari mufassal bayon
qilinadi - red.)