Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc


FASL  Mohi ramazon ro‘zasining farzlari bayonida



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

FASL 
Mohi ramazon ro‘zasining farzlari bayonida 
Bilgilki, ro‘za tutmoqda olti nimarsa farzdur. Avval ulki, ramazon oyining avvalini 
tahqiq qilg‘aykim, sha’bon oyining yigirma to‘qqizi va yo o‘ttuzi erkanini bilg‘ay. 
Bas, ro‘za tutmokda bir rostgo‘y kishining xabarig‘a e’timod qilib, ro‘za tutmoq 
durustdur. Ammo iyd (hayit) kunida ikki odil guvoqlik bermaguncha durust ermas. 
Kishigakim, mo‘‘tamad (e’timodli, ishonchli) kishi bu kun Ro‘za oyini ko‘rdim, deb 
aytsa, ul kishiga ro‘za tutmoq joiz va vojibdur. Agarchi, qozi aning so‘zini rostlig‘iga 
hukm qilmasa qam. 
Va agar falon shaharda ro‘za oyini ko‘rdim, deb xabar qilsa, bu shaharning xalqiga ro‘za 
tutmoq vojib ermas, bashartiki, bu ikki shaharning orasi o‘n olti farsangdin (bir farsang 
taxminan 7-8 kilometrga teng masofa) yiroqroq bo‘lsa. Ammo o‘n olti farsangdin oz 
bo‘lsa, bu shahar xalqiga ham ro‘za tutmoq vojibdur. 
Ikkinchi farz niyatdur. Har kecha bu niyatni yodida tutg‘aykim, ertalikka ramazon 
ro‘zasini ado qilurmen va har musulmonga ramazon ro‘zasi xotirida bo‘lsa, niyat 
ko‘nglida bo‘lg‘usidur. Agar shak oqshomi bu tariqada niyat qilsakim, tongla ramazondin 
bo‘lsa tutg‘aymen, agar sha’bondin bo‘lsa, tutmag‘aymen desa, bu niyat durust 
ermasdur. Va niyat qilg‘ondin so‘ng kechalarda bir nima yemak birla niyat botil bo‘lmas. 
Va agar xotun kishi hayzdin munqati’ (ajralgan) bo‘lur vaqtda niyat qilsa, ro‘zasi 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
111
durust bo‘lur. 
Uchinchi farz ulkim, yemak va ichmak va yo mundin o‘zga tariqa birla kursoqiga (ya’ni, 
qorniga) hech nimarsa doxil qilmag‘ay. Ammo hijomat qilmoq (qon oldirmoq) va surma 
tortmoq va qulog‘iga mil solmoq va yaraga paxta qo‘ymoq - ro‘zaga nuqs qilmas. Va agar 
beqasd bir nimarsa yutulsa, chunonchi chivin va yo g‘ubor va yo mazmaza qilg‘onda (og‘iz 
chayqaganda) suv xalqumiga yetsa nuqs qilmas. Magarkim, mazmazani mubolag‘a birla 
qilib, suv halqumga (tomoqqa, bo‘g‘izga) yetsa, ro‘za fosid bo‘lur. Va agar iftor bo‘ldi deb, 
iftor bo‘lmas vaqtda iftor qilsa va yo kecha o‘xshash deb, subhda saharlik yesa, qazosini 
tutar, kaforat lozim bo‘lmas. 
To‘rtinchi farz ulki, ramazon kunlarida xotun birla kunduzi mubosharat qilmag‘ay. Va 
agar er-xotun orasida shu ish kunduzi voqe’ bo‘lsa, ro‘zasi botil (buzilgan) bo‘lur. Va agar 
kechasi jimo’ qilib, subxdin keyin g‘usl qilsa, ro‘zaga (nuqs qilmas. 
Beshinchi farz ulki, hech vajh birla inzol (shahvat suvining oqishi) bo‘lg‘udek ishni 
qilmagay. Va agar o‘zidan emin bo‘lmasa, xotunini bo‘sa qilmoq va yo bag‘al qilmoq 
(quchoqlash) birla inzoli mani bo‘lsa, ro‘zasi botil bo‘lur. 
Oltinchi farz ulki, qasd birla qayt qilmog‘i durust emas. Va agar beixtiyor qayt qilsa, 
(qusib yuborsa) ro‘zasi botil bo‘lmas. Agar zikom (og‘izdan suv kelishi) sababidyn va yo 
o‘zga sababdin dimog‘dagi suv xalqumiga kelsa, ro‘zaga daxl (zarar) qilmas. Vaqtiki, 
dimog‘din (burundin) tomog‘iga kelgan suvni yutsa, ro‘zasi botil bo‘lur (ochilur). 
Ammo ro‘zaning sunnatlari ham oltitadur: Chunonchi, iftorni ta’jil birla qilmoq (kun 
botdimi, og‘iz ochishga shoshiling) va saharlikni hurmat va shukrona birla yemak 
va iftorni xurmo birla va suv birla ochmoq va missoq (og‘izni va tishlarni maxsus 
cho‘p bilan) toza qilmoq, sadaqa va taom birla saxovat qilmoq va Qur’on tilovat 
qilmoq va masjidda e’tikof (doimiy ibodat qilish uchun) o‘lturmoq, alalxusus, oxirgi 
o‘n kunligida e’tikof o‘ltirmoqkim, shabi qadr (qadr kechasi) oxirgi o‘nidadur. 
Hazrati rasuli akram s.a.v. bu o‘n kunni ichida makoni xobga (uxlash joylariga) bormas 
erdilar. Va ahli baytlar (xonadondagilar) ham ibodatdin o‘zga ishga mashg‘ul bo‘lmas 
erdilar. 
Bas,qadr kechasi yigirma biri va yo yigirma uchi va yo yigirma beshi va yo yigirma 
yettisi bo‘lg‘usidur. Bu mumkinroqdur. Avlosi (yaxshisi) bukim, bu o‘n kunda 
e’tikofga o‘lturgan bo‘lg‘aykim, e’tikof o‘lturg‘uvchi qazoyi hojatga tahorat 
olmoqdin ziyoda ta’xir (band, ovora) bo‘lmagay. Agar namozi janozaga borsa va yo 
kasal ko‘rgali borsa va yo guvohlik bergali borsa, e’tikofi botil bo‘lmas 
(buzulmas). Va e’tikof o‘lturguvchiga masjidda uxlamoq va taom yemak va qo‘lini 
yuvmoqning boki (zarari) yo‘qdur. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin