Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
110
farmonimni tutub,
yemak va ichmakdin, hammasining xohishidin kechtilar. ularning ajru-
savobini o‘zum berurmen».
Rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Ro‘zadorning uyqusi ham toatdur». Va Yana
aytibdurlarkim: «Vaqtki, mohi ramazon kirsa, bihisht (jannat)ning eshigini ochurlar. Va
do‘zaxning eshigini band qilurlar (yopurlar). Va shayotinlarni bandga solurlar. Va
nido qilurlarkim: «Ey, toliblar, qo‘ping (turing)larkim, talab vaqti bo‘ldi. Va ey
izlaguvchilar, ogoh bo‘linglarkim, maqsud gavharini qo‘lg‘a keltirur (maqsadga erishuv)
mahali yetti. Bas, Haq taoloning
fazli aziymidurkim, bu ibodatni xos (o‘zig‘a) nisbat
berib aytibdurkim: «As-savmu liy va ana-ajziybihi». Hadisi qudsiy (ya’ni, lafz
rasulullohdan bo‘lib, ma’no Allohdan). Ya’ni, ro‘za menga xos ibodatdur va aning
ajrini o‘zim berurmen».
Agarchi hamma ibodatlar Xudo taolog‘adur, ammo ro‘zani o‘zig‘a xos qilibdur.
Chunonchi,
hamma olam Haq taoloning mulkidur. Ammo xonai Ka’bani o‘ziga xos qilibdur.
Bas, ro‘zada ikki xosiyat bordurki, ul jihatdin Haq taolo o‘zig‘a nisbat qilibdur.
Avvalgi xosiyat ulki, xalqning ko‘zidan po‘shida va maxfiydurki,
aningda hech riyo
yo‘qtur. Ikkinchi ulki, Haq taoloning dushmani Iblisdur va aning lashkari nafsning
xohishidindur. Bas, ro‘za bu lashkarga
shikast berguvchidurki, ro‘za shaqvati nafsoniyni
shikast qilur (sindirur). Ushbu vajxdin hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlarkim:
«Odamning ichida shayton, tomurda qon yurganga o‘xshash yurguvchidur. Oning yo‘lini
ro‘za tutmoq va gurusnalik (ochlik) birla tang va tor qilinglar».
Hazrati Oysha raziyalloqu anhoga hazrati rasul alayhissalom aytdilarkim: «Hamisha
jannatning eshigini qoqg‘il». Aytdikim: «Yo rasulalloh! Qaysi nimarsa birla qoqg‘aymen?»
Rasulalloh alayhissalom aytdilar: «Gurusnalik (ochlik) birla».
Rasul akram s.a.v. aytibdurlarkim: «Ro‘za ofatlar orasida bir siparedurki
(qalqon), sani hamma ofatlardin saqlar». Va rasululloh alayhi va salam
aytibdurlarkim, «Hamma ibodatlar eshigi ro‘zadur». Bu vajhdinki, ibodatg‘a mone’
bo‘ladurg‘on nafsning xohishidurkim, to‘qluq nafs xohishini ziyoda qilur. Va
gurusnalik (ochlik) kam qilur.
Dostları ilə paylaş: