Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc


FASL  Darveshlik odobi va shartlari bayonida



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

FASL 
Darveshlik odobi va shartlari bayonida 
Bilgilki, har darveshga sadaqa bermoq farz emasdur. Balki, oxirat ishiga mashg‘ul 
bo‘lgan darveshga sadaqa bergan avloroqdur. Sadaqani joyiga bersa savobi ming bo‘lur. 
Bas, xayr qilguvchi bilgayki, besh sifatning birida bo‘lgan darveshni talab qilgay. Avvalgi 
sifat ulki, porso (pokiza) va muttaqiy (xudodan qo‘rquvchi) darvesh bo‘lgay. Rasululloh 
aytibdurlar: 
«At’imu taomakum al-atqiyoa». 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
107
Ya’ni, taomlaringizni parhezkorlarga beringlar. Sabab ulki, bularga sadaqa bergan odam 
darveshga Haq taologa toat-ibodat qilmog‘iga yordam berurki, qilgan ibodatlariga sherik 
bo‘lur. Va ulug‘ boylardan biri sadaqani so‘fiylarga berayotib, aytur edi: bu darveshning ko‘ngli 
Haq taolodan o‘zgaga taalluq topmas. Haq taologa mashg‘ul bo‘lgan ko‘ngilni xush qilmoq 
boshqa yuz ko‘ngilni xush qilmokdan a’lodur. Bu so‘zni shayx Junaydga hikoya qildilar. Junayd 
dediki: «Bu so‘z Haq taolo valiylaridan birining so‘zidur». 
Ersa ul vaqtda o‘sha boy baqqol edi. Darvesh undan har nima olsa bahosini (pulini) 
olmas edi. Oqibat boy muflis (kambag‘al) bo‘ldi». 
Junayd unga bir muncha mol yubordi. Aytdiki: «Bu mol birla tijorat qilsin. Ul sobiq 
boy aytdiki, javonmardlarga tijorat ziyon qilguvsidur». 
Ikkinchi sifat ulki, zakot Oltuvchi ahli ilmdan bo‘lsa yaxshi. Sadaqa ahli ilmga 
berilsa, alar farog‘at birla ilm hosil qilurlar. Ul sadaqa berguvchi ilmning savobiga sherik 
bo‘lur. 
Uchinchi sifat ulki, ba’zi darveshlar muhtojligini boylarga izhor qilmagaylar. 
Darveshlikni pinhon tutib, o‘zini behojatmand ko‘rsatgaylar. Qavluxu taolo: 
«Lil-fuqaroillaziyna uhsiru fi sabilillahi lo yastatiuna zarban fil-arzi yahsabuhumul-
johilu ag‘niyoa min at-taaffufi ta’rifuhum bi-siymaahum lo yas’alunan-nosa ilhofan va mo 
tunfiqu min-xayrin». (Baqara, 273). 
Oyatning tafsiri ulki, johillar (bilmaydiganlar) ularni g‘aniylardan deb gumon qilurlar, ular 
o‘zlarini porso va behojat ko‘rsatgan jihatidan. Bas, bu qavm o‘zlarini zakot tilamakdan 
tahammul (sabr) pardasida saqlarlar. 
Yana bir shart shuki, bebok (Xudodan qo‘rqmaydigan) darveshlarga sadaqa 
bermagaylar. 
To‘rtinchi sifat ulki, sadaqa oluvchi ayolmand, uylangan, qiz farzandlari qo‘p bo‘lg‘ay va yo 
kasalmand bo‘lg‘ay. Ularning ranju hojatlari ne chog‘li ko‘proq chiqarilsa, savobi ham 
shunchalik ko‘proq bo‘lg‘uvsidur. 
Beshinchi sifat ulki, sadaqa oluvchi sadaqa berguvchining tug‘ishgan xeshlaridan bo‘lg‘ay. 
Bunda ham siylai rahim (qarindoshlarga mehr-muruvvat) hosil bo‘lg‘ay. Ham sadaqa bo‘lur. 
Agar oxirat do‘stligi uchun bo‘lsa ham, qarindosh urug‘larga muruvvat hukmida bo‘lur. 
(Zakot va yo sadaqa) agar bu sifatdagi muhtojlarga berilsa, afzalrokdur. Bular duosining 
barakotidan sahovatli odam Haq taoloning amonligida bo‘lg‘uvsidur. Musulmon zakotni sayyidlar 
va kofirlarga bermag‘ayki, sayyidlar zakot molig‘a behojatdurlar. Va kofirlarga zakot 
moli darig‘dur. 
Zakot odobiga ko‘ra, zakot oluvchi besh vazifani o‘ziga lozim tutgay. Avvalgi vazifa ulki, 
bilg‘ayki, Haq taolo bandalarini mol-dunyoga muhtoj qilib yaratibdur. Ushbu sababdan, 
Haq taolo aksar bandalarga bisyor mol-dunyo ato qilibdur. Va lekin guruh bandalarini 
kamoli lutfi va inoyatidan, dunyoning ranju mashaqqatidan saqlabdurki bular darveshlardur. 
Ammo dunyoning ranju mashaqqatini boylarga qo‘yibdur. Va Haq taolo boylarga farmon 
qilibdurki, bandai aziz darveshlarning hojatini chiqargaylar. Toki ul azizlar dunyoning 
mashaqqatidan uzilib, hamma himmatlarini Haq taoloning toati va ibodatiga qo‘ygaylar. 
Toki bu azizlarning duosi boylarga kaforat (poklovchi) bo‘lg‘ay. Darveshlar sadaqa Oltanida 
bu niyatni qilg‘ayki, o‘z hojatiga sarf qilib, farog‘at birla toat, ibodat qilgay. Go‘yo bir 
podshoh xos g‘ulomlarini o‘zining xos xizmatiga ta’yin qilganday. Bu xos xizmatiga 
yaramaydurgon rustoyi (qishlokda yashovchi) ekinchi va bozorchi kosiblarni xos 
g‘ulomlariga tobe’ qilibdur-Xos g‘ulomlar bulardan jiz’ya va xiroj olib, ibodat hojatlariga sarf 
qilgaylar. Munga o‘xshash, hazrati Malikul (Xaq taolo)ning xohishi ulki, xamma xalq ibodatni 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin