Zakotning surati va haqiqati Bilg‘ilki, namozda badan - surat va ruh haqiqati bo‘lganidek, zakotning ham
surati va haqiqati bordur. Zakotning surati va haqiqatini bilmagan odam ruhsiz
badanga o‘xshashdur. Avval ulki, barcha xalqlar Haq taoloning muhabbati va
do‘stlig‘iga ma’mur (ya’ni, amr etilgandur). Hech mo‘‘min yo‘qdirki, Haq taologa
do‘stlik da’vosini qilmagay. Balki hamma mavjudotlar Haq taoloni do‘st deb bilishi
zarur.
Bas, bu do‘stni tanimog‘likka dalil va nishonalar bordur. Toki har kishi quruq da’voga
mag‘rur bo‘lmagay. Bas, mol va dunyoki, odamlarning mahbublari (sevimli
do‘stlari) jumlasidandur, aning birla azmoyish va imtihon qilg‘ali bo‘lur. Va
dunyoki, odamiyning bir ma’shuqidur, Ani Haq taoloning yo‘lida fido qilsa, Haq
taologa do‘stligining chinligi yo yolg‘onligi darajasi ma’lum bo‘lg‘usidur.
Bas, ul toifaki, bu asrorni bilibdurlar, uch tabaqa bo‘lur.
Avvalgi tabaqa - siddiqlardurki, bir nimarsa topsalar, Haq taolo yo‘lida sarf
qilibdurlar. Va aytibdurlarki, 200 dirhamdan 5 dirham zakot bermoq baxillarning
ishidur. Bizlardan ham lozimdurki, hamma ziyoda dunyoliqni Haq taolo yo‘lida (yaxshi,
xayrli ishlarga) sarf qilgaymiz. Chunonchi, Abu Bakr Siddiq r.a. hamma mollarini «fi
sabililloh» nazir qildilar. Rasuli akram s.a.v. aytdilar: «Farzandlaringga
qo‘ydingmu?» Abu Bakr aytdilar: «Farzandlarimni Xudo va Rasulga siporish qildim».
Umar ibn Xattob r.a. mollarining yarmini nazir qildilar. Rasuli akram s.a.v.
aytdilar: «Farzandlaringga nima qo‘yding?». Hazrati Umar aytdilar: «Yarim molimni
farzandlarimga qo‘ydim». Rasuli akram aytdilarki: «Baynakumo kamo bayna
kalimatukumo tafovutun».
Ya’ni: Molning o‘rtasi bilan o‘rtadagi mol so‘zlarining farqi bordur. Bu yerda «yarim
molni» va «mollarining yarmi» so‘zlarining farqi aytilmoqtsa.
Ikkinchi toifa eranlar (mardlar)durki, mol-dunyolarini bir yo‘la xarj
qilmaydilar va lekin o‘zlarini Darveshlar birla barobar tutib, darveshlardan kim kelsa,
o‘z farzandlaridek ko‘rarlar.