www.ziyouz.com кутубхонаси
100
gadoga bir nima bermoq makruxdir.
Yettinchi fazilat - jum’a kuni ertadan kechgacha oxiratlik ishini qilg‘ay. Dunyolik ishini
haftaning qOltan kunlarida qilg‘ay. Haq taolo aytur: «Fa iza qazaytas-salota fantashiruu fil
arzi vabtag‘uu min fazlillohi».
Ya’ni: Namoz qazo bo‘lsa ham yer yuzida yaxshiliklar qilish ilohiy fazilatlardandir.
Anas ibn Molik roziyallohu anhu ayturkim, olmoq va bermoqning ma’nosi faqat
dunyolik topish emasdur, balki ilm talab qilmoq va birodari mo‘‘minni ziyorat qilmoq va
bemorlarni so‘ramoq, vafot etganlar bo‘lsa janozalarida qatnashmoq va munga
o‘xshash xayrli ishlarni qilmoq odamiylikning taqozosi va oxiratlik ishlardir.
Mas’ala Onchakim, namozda lozimdur, bayon qildim. Va hamma masoilni (masalalar) bu kitobg‘a
sig‘dirish imkoni yo‘qtur. Namozga niyat qilurda vasvasa bisyor bo‘lurki, anga ishorat
qilurmen. Bilgilki, vasvasa ul kishiga voqe’ bo‘lurkim, aqlida xalali bo‘lsa. Va yo savdoviy
bo‘lg‘ay. Va shariatga johil bo‘lg‘ayki, niyatning ma’nisini bilmagay. Bas, niyat uldurki,
rag‘bati va xohishi paydo bo‘lub, Haq taoloning farmonini bajo qilish uchun o‘rningdan
turub, qiblaga yuz kelturursen. Ushbu niyat basdur. Chunonchi, birov senga «Falon olim
kishi seni ko‘rgali keldi» desa sen darhol o‘rningdin turub, ta’zim va ikrom qilasan,
ko‘nglingda ul olimning hurmatiga turishga bo‘lgan xohish niyatdur. Aytmassanki, «Falon
olimni oldig‘a turmoqni niyat qildim, falon kishini farmoni birla». Bas, niyat ko‘ngilda paydo
bo‘lg‘on rag‘batdur. Til birla va yo ko‘ngil birla aytmoq shart emasdur. Ko‘ngil birla aytganini
nafs derlar. Niyat demaslar. Ammo obid, o‘qiydurg‘on namozining peshin va yo boshqa
ekanini aniq bilsin. Aniq vaqti bo‘lsa, «Allohu akbar» deb tahrima aytgay. Va agar g‘ofil
bo‘lsa, yodig‘a kelturgay. Masalan, «Namozi peshinning to‘rt rakaat adosini» deb tafsili
birla niyat qilmoq lozim emasdur. Ushbu sababdin hazrati rasuli akram s.a.v.ning
zamonlarida sahobalarda niyat qilish vasvasasi yo‘q edi, muni oson ish bilur edilar.
Kishikim bu mazkur bo‘lg‘on tariqani bilmabdur, johildur.