FASL Namozi jum’aning bayonida Bilgilki jum’a ulug‘ kundur. Fazilati benihoyat, mo‘‘minlarning hayitidur. Xabarda
kelibdurkim, Xudo taolo har odina (jum’a) kuni olti yuz ming gunohkorni do‘zaxdan
ozod qilg‘usidur. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytibdurlar: «Do‘zaxni har kuni zavol
vaqtig‘acha qiziturlar, faqat odina kuni qizitmaslar. Kishi odina - jum’a kuni vafot
bo‘lsa, aning nomai a’molig‘a bir shahidning savobini biturlar. Unga qabr azobi
bo‘lmas».
Bilgilki, har nimarsa besh vaqt namozda shart erdi, jum’ada ham shartdur. Mundin
o‘zga olti shart namozi jum’aga xosdur.
Avvalg‘i shart vaqtidurki, peshinning vaqti o‘lsa, namozi peshinning qazosini
o‘tamak lozimdur. Namozi jum’aning qazosi lozim emas.
Ikkinchi shart joygohtsur. Namozi jum’ani shaharda va shaharga yaqkn kentlarda,
agar yiroqbo‘lsa, podshoxdin izn bo‘lg‘on bo‘lsa durustdir. Va sahroda masjiddin bo‘lak
yerda durust ermas.
Uchinchi shart miqdoriydir. Imomdan bo‘lak uch kishi bo‘lmaguncha namoz
durust ermas.
To‘rtinchi shart jamoatdur. Qavmning namozni imomsiz, o‘zi o‘tamagi durust emas.
Agar imomni oxirg‘i rakaatida va yo tashahudda topib iqtido qilsa, qOltanini tanho
o‘tamasa bo‘lur.
Beshinchi shart har shaharda bir masjidda o‘tagay. Va agar masjidga sig‘masa
va yo izdihom bo‘lsa, yana bir masjidda o‘tamak joizdur.
Oltinchi shart xutba o‘qimokdur. Tasbihva tamjidga mashg‘ul bo‘lgay. Bilgilki.
xotinlarga va gudaklarga va musofirg‘a xutba vojib emasdur. Va uzr birla tark
qilmoqjoizdur. Chunonchi qattig‘ yomg‘ir yog‘sa, yo kasal bo‘lsa, Ushbu uzrlar birla
tark qilmoq joizdur. Va lekin yaxshisi ulki, xaloyiq jum’a namozidan forig‘ bo‘lgandan
keyin bu toifa peshinni o‘tagay.
Jum’a odobi Jum’a kunida o‘n nimarsa sunnatdur. Avvalg‘i odob - panjshanba kuni jum’aga
tayyorlangay, jum’aga yetganiga shodu xurram bo‘lub, libos-jomani pokiza qilib,
har nav’ mashg‘ulotini tark qilib, ertadan kechgacha namozga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Va
panjshanba kuni asr namozidan keyin tasbih va istig‘forga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Bu
vaqtning fazilati nihoyati ulug‘dur. Juma kunining vaqtiga barobardur. Va aytibdurlar,
odina kechasi xotini birla suhbat qilmoqlik sunnatdur, tokim har ikkisining g‘usl