www.ziyouz.com кутубхонаси
118
Tong otquncha qo‘limdin qo‘ymasman». Rasul alayhissalom xazrati Abu Bakr Siddiqni
ko‘rdilarki, kechalig‘ namozga turubdur. Ohista qiroat qilur. So‘radilarkim, «Nima
uchun ohista qiroat qilursan?» Hazrati Abu Bakr Siddiq aytdilar: «Qur’onni ul zotga
(Allohga) o‘qurmanki, ohista o‘qiganni eshitadur». Umar roziyallohu anhuni ko‘rdilarki,
ovoz birla o‘qiydur. So‘radilarki, «Nima uchun baland o‘qursen?» Umar
roziyallohu anhu aytdilarki.
«Uxlaganlarni bedor qilmoq uchun va shaytonni yiroq qilmoq uchun». Hazrati
rasuli alayhissalom aytdilarki, «Har ikkilaringiz xo‘b qilibsizlar». Bas, amal niyatga
tobe’durkim, , har ikkilarining niyati xo‘b erdi, savob topdilar.
Ovozi xush birla o‘qimoqg‘a sa’y, harakat qilg‘ay. Rasul alayhissalom aytibdurlar:
«Qur’onni ovozi xush birla o‘qinglar». Rasul alayhissalom bir kuni Xuzayfani
ko‘rdilarki, ovozi xush birla Qur’on tilovat qiladur. Aytdilar: «Alhamdulillohillaziy
ja’ala fi ummatiy mislihi». Ya’ni, xamd eturman ul Xudog‘aki, ummatimda munga
o‘xshash kishini xalq qilibdur». Bas, onchakim ovozi xushrokdur, Qur’onning asari
ko‘ngilga ziyodarokdur. Sunnat uldurki, Qur’onni maqom birla o‘qimagay. Huruf va
kalimalar orasida alhon (ashulalar, xonishlar) qilmag‘ayki, makruhdir. Chunonchi
qavvol (xonanda)lik g‘azalxonlar odatidur.
FASL Tilovatdagi olti odobi botiniy bayonida Bilgilki, tilovatning botiniy odobi oltitadur:
Avvalg‘i odob ulki, Qur’onning azimati va ulug‘ligini bilgay, Xudo azza va jallaning
kalomi qadimiydur. Haq taoloning sifatidurki, vojibul vujudida qoyimdur. Onchakim
bu qorilar zabonida joriydur, huruf va kalimotdurki, kalomi nafsi (Allohni so‘zi)
qadimning lafzi mislliqdur. Chunonchi, otashin lafzni til birla aytmoq osondur. Ammo
otashni hech kim qo‘lida tutmoqqa va tiliga kelturmoqg‘a toqat qilolmas. Munga
o‘xshash, kalomulloh oyatlari maoniy qadimlarini
x
URUflar libosidin mujarrad (xoli)
qilib, oshkora qilsa, yetti osmonu zamin oning tajalliysiga toqat kelturolmas.
Chunonchi, Haq taolo kalsmi majidida xabar berur:
«Lav anzalno hazal Kur’ona ala jabalin va laraaytahu xoshi’am mutasaddiam min xashyatilloh». «Agar biz ushbu Qur’onni biron tog‘ga nozil qilganimizda, albatta siz u (tog‘)ni Ollohning qo‘rquvidan egilib yorilib «etgan xolida ko‘rgan bo‘lur edingiz». (Alouddin Mansur tarjimasi). (Hashr, 21). Va lekin Qur’onning jaloli va azimatini xuruflar libosi ichida pinhon qilib, arab tili
pardasidan o‘zga nimarsalar birla odamlarga yetkurmoq mumkin emasdur. Bilgilki,
ovozi hurufning ulug‘ xosiyaglari bordur. Andog‘ki, hayvonotni haydamay adab
o‘rgatmak va xizmatga solmoq harf va ovozsiz bo‘lmas. Va odamlar so‘zini hayvonot
fahm qilmoqg‘a toqat keltira olmas. Nochor hayvonot ovozlariga yaqin huruf va
suratni ta’yin qilib, toki hayvonotni bu ovoz birla ogoh qilib, xizmatga solib va
farmon tuttirg‘aylar. Masalan, ho‘kuzg‘a ovozlar qilsa, u qo‘shni tortib, yerni
yumshatur.Ammo zaminni yumshatmoqning hukmini bilmaskim, zaminni
yumshatmoqdan maqsud budurki, suv, havo, tufroq birla alishib ziroat qilmoqg‘a visola
bo‘lg‘ay. Bas, munga o‘xshash, ba’zi odamlarga Qur’on o‘qimoqdan ovozi zohir va.ma’nii
zohirdan ziyoda nasiba bo‘lmas. Ba’zilar gumon qilibdurlarki, Qur’on huruf va savt
(ovoz)dur. Bu tariqa aqida qilmoq g‘oyat jaholat va aqidaning nihoyati sustlig‘idur.
Ul kishining holiga o‘xsharki, otashni bilurki, harflari alif va to va shindur. Ammo muni
bilmaskim, otashni qog‘oz uzrasiga qo‘ysa kuydurur. Toqat keltiraolmas. Ammo otash