Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
126
yuzaga surgay. Xabarda kelibdur, Haq taolo karimdurkim, o‘z dargohiga talab-tilak birla
ko‘tarilgan qo‘lni quruq qaytarmas. Rasul alayhissalom aytibdurlarki, «Kim
duo qilsa, bu
uch ishdin xoli qolmas, yo gunohi mag‘firat bo‘lur, yo alhol maqsudig‘a yetur, yo
keladurg‘on zamonda duosi ijobat bo‘lur».
To‘rtinchi odob - duoni taraddud bilan (rad etilishini o‘ylab emas), balki ijobat bo‘lmog‘iga
ishonch bilan qilg‘ay. Rasul alayhissalom aytibdurlar:
«Afvullohi va antum muqminun bil-ijobati» Ya’ni, hojat talab qilinglar Alloh taolodan
hojatning ravosiga ishongan holatda.
Beshinchi odob - duoni zoriy va tazarru’ va shikastaliq birla qilg‘ay. Xabarda kelibdurki,
g‘ofil ko‘ngil birla qilingan duo ijobat bo‘lmas.
Oltinchi odob - shiddat va takror birla qilg‘ay. Va aytmag‘aykim, duo qildim, ijobat
bo‘lmadi. Bas, duoning ijobat vaqtini Haq subhonahu va taolo bilgusidur.
Vaqtiki, duosi ijobat bo‘lsa, bu duoni o‘qig‘ay: «Alhamdulilloh allazi bi-ne’ma yatimul-
hojat» Agar ijobat kechiksa, «.Alhamdu lillohi ala kulli hol» degay.
Yettinchi odob ulki, duoning avvalida payg‘ambar alayhissalomga durud va tasbeh
aytg‘ay. Rasul alayhissalom duoning avvalida «Subhona rabbiyal aliyul a’lal vahhob» der
edilar. Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishikim, duo qilmoqni xoxlasa avval durud
aytgaykim,
durud birla insholloh, ijobat bo‘lur». Va Xudoyi taolo andin karimrokdurki, ikki
duoning birini ijobat qilib, birini rad qilmas.
Sakkizinchi odob - duo qilurda o‘zining jami’i gunohlarig‘a tavba qilg‘ay. Dilini
batamom Haq taolog‘a mutavajjih qilg‘ay. Aksar duolarkim, rad bo‘lubdur, dilning
g‘aflatlig‘i, zulmat va mas’iyatdan bo‘libdur.
Ka’bul Ahbor roziyallohu anhu aytur: «Bani Isroil orasida qahatchilik voqe’ bo‘ldi.
Hazrati
Muso alayhissalom hamma ummatlari birla uch navbat namozi istisqo o‘qidilar (yog‘in tilab
duo qilish). Namoz ijobat bo‘lmadi. Muso alayhissalom munojot qildilar, vahiy
keldiki, orangizlarda suxanchin, ya’ni so‘ztashiydurgan chaqimchi kishi bordur. To ul
tavba qilmaguncha ijobat qilmasmen. Muso alayhissalom aytdilarki, ey bor Xudoyo, ul
kimdur? Tokim xalq orasidan quvlab chiqarg‘aymen. Haq
taolo aytdiki, suxanchinlikdin
man’ qilurmen, o‘zum nechuk suxanchilik qilurmen? Bas, Muso alayhissalom boshlab
hammalari suxanchilikka tavba qildilar, shundan so‘ng yomg‘ir yog‘a boshladi».
Moliki Dinor aytur, bani Isroil orasida qahatchilik paydo bo‘ldi. Borxo (takror-takror) namozi
istisqo o‘tadilar. Yomg‘ir yog‘madi. Ul vaqtning payg‘ambarig‘a
vahiy keldiki,
«Aytg‘il, dilinglar nopok, haromdan to‘la bo‘lgan qursoqinglar birla va xuni nohaqqa oluda
bo‘lg‘on qo‘linglar birla duo qildinglar. Ul sababdan sizlarg‘a g‘azabim ziyoda bo‘ldi. Va
mendin yiroq bo‘linglar».
Dostları ilə paylaş: