www.ziyouz.com кутубхонаси
134
bular darajasiga yetmas, ammo ashobi yamin darajasidurki, salomat manzilida va
amonat ma’manida (iymon xonasida) mutammakkin (tinchlik, amonlikda barqaror)
bo‘lg‘ay.
Ammo ul toifakim, bu mazkur bo‘lgan to‘rt qismdan tashqari hayot kechirurlar
halokat bo‘lg‘uvchilar jumlasidan, shayton tobe’laridandur.
Ammo to‘rtinchi vird tush vaqtidan, namozi peshindan asrgacha bo‘lg‘ayki,
tushdan ilgari qaylula qilg‘ay. Qaylula qilmoq ro‘zaning saharig‘a (saharlik vaqtiga)
o‘xshashdur. Ammo kishi saharhez (saharda erta turuvchi) bo‘lmasa, qaylula
qilmagi karohiyatdurkim, ko‘p uxlamoq makruhdur.
Vaqtiki, qayluladan uyg‘onsa, peshin vaqtidan ilgari tahorat qilg‘ay va azondan ilgari
masjidga (borgay) va tahiyyati masjid o‘tagay. To‘rt rakaat namoz o‘tagayki, rasul
alayhissalom bu to‘rt rakaat sunnat namozga uzun sura qiroat qilib o‘qir erdilar. Va aytur
erdilarkim, bu vaqtda jannatning eshiklari ochiqturar.
Xabarda kelibdurki, kishi bu to‘rt rakaat sunnatni o‘qisa, yetmish farishta uning
orqasida namozni o‘tarlar. To kecha bo‘lg‘uncha ul kishining mag‘firatini talab
qilur.
Vaqtiki, imom birla farzni o‘qilsa, ikki rakaat sunnatni o‘tagay. To namozi asrgacha ilm
o‘rgatmak va yo ilm o‘rganmakka va yo musulmonlar manfaatiga sa’y-qo‘shish qilg‘ay.
Va yo zikr aytmoq va yo Qur’on tilovat qilmoq va shunga o‘xshash ishlarda ba-qadari
toqat mashg‘ul bo‘lg‘ay.
Beshinchi vird - namozi asrdan to oftob botg‘uncha bo‘lg‘ay. Namozi asrdan
ilgari masjidga borgay. To‘rt rakaat namoz o‘tagay.
Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar, Xudo taolo raqmat qilg‘ay ul kishiniki,
namozi asrning farzidan ilgari to‘rt rakaat namoz o‘tabdur. Namozi asrdan keyin tasbeh
va zikrg‘a mashg‘ul bo‘lg‘aykim, bu vaqtning fazilati namozi bomdod vaqtining
fazilatiga o‘xshashdur. Chunonchi Haq taolo xabar berur:
«Va sabbih bihamdi rabbika qobla tuluish-shamsi va qabla g‘urubiho». (Toho, 130). Oyatning tafsiri ulki, «Zikri tasbeh aytgil, ey Muhammad s.a.v.
parvardigoringga hamd aytmoq birla oftob chiqishidan ilgari va kun botmasdan
avval». Bu vaqtda «Va-sh-Shams» va «Val layli» va «Qul, a’uzu birabbil falaq»ni va
«Qul a’uzu birabbin-nos»ni o‘qigay. Quyosh botganda istig‘forga mashg‘ul bo‘lg‘ay.
Hosili kalom ulkim, har vaqtni bir amalga ta’yin qilg‘ay, umrni zoye’ o‘tkarmagay.
Ammo kechaning avrodi (vazifa, duolari) uch qismdur. Avvalg‘i vird namozi shomdan
namozi huftongachadur. Bu ikki namoz orasini ogoxlik birla o‘tkargay. Fazilati juda
ko‘pdir. Xabarda kelibdur, qavluhu taolo:
«Tataja fa junubuhum anil mazoji’i». (Sajda, 16). Tafsiri ulki, ularning yonboshlari o‘rin-joylaridan yiroq bo‘lur (ya’ni, tunlarini
ibodat bilan o‘tkazishib, oz uxlaydilar)».
Bu oyat vaqtning fazilatida nozil bo‘libdur. Bu vaqtda namozga mashg‘ul bo‘lg‘ay. To
namozi xuftanning farzini o‘taguncha. Buzurglar bu vaqtda namoz o‘taganning savobini
kunduzi ro‘za tutgandan ortiqroq sanabdurlar. Vaqtiki, vitr namozidan forig‘ bo‘lsa,
lahv va behuda (o‘yin-kulgi, befoyda) so‘zlarga mashg‘ul bo‘lmag‘ay, tokim
mashg‘ulotlarining barchasi Haq taoloning zikri birla bo‘lg‘ay.
Ammo ikkinchi vird (vazifa) uxlamoqdir. Agarchandiki, uxlamoq ibodat jumlasidan
emastur, ammo odob va sunnat birla orasta bo‘lsa, ibodat jumlasidandur. Bas,
sunnat uldurki, avval o‘ng qo‘lini bosib, yuzini qiblaga qilib yotg‘ay. Murdani lahadda
yotquzg‘on misllik. Bilg‘ilki, uyqu o‘limning barobaridur. Uyg‘oklikhashrning
mushobahatidur (o‘lganlarning tirilishiga o‘xshashdur), mumkindurkim, uxlaganda
chiqqan ruh yana qaytib badaniga kirgay. Bas, o‘lumni va oxiratni yod qilib, tahorat