Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
133
Tarjimasi: «Oyo, alar nazar qilmadilarmi, osmonlar va yer saltanatig‘a va Alloh taolo 
yaratgan har bir narsag‘a va shul narsaga hamki, shoyad alarning ajallari yaqin kelib 
qolg‘on bo‘lsa». (Oltinxon to‘ra tafsiridan olindi). 
Vaqtiki, bu fikri taammul (chuqur o‘ylash) birla dili sof bo‘lsa, zodi oxirat qilmoqg‘a 
rag‘bat va harakat paydo bo‘lg‘aykim, hayotlig‘ ayyomida gunohva ma’siyatdin xazar qilish 
bilan xayr va saloh ishlarig‘a sa’y va qo‘shish aylab, favt (qo‘ldan berilgan) amallari 
tadoriki, fikr-andeshasida bo‘lg‘ay. Kishiki ko‘ngli ochiq bo‘lsa, toki osmon va zamin 
ajoyiblari va masnuotu g‘aroyiblarig‘a, balki hazrati Sone’ (Yaratguvchi) azza va jallaning 
ismi qadimlig‘i va oliy rag‘barlig‘ig‘a fikr-andesha qilsa, hamma ibodat va hamma 
tafakkurlardan ortiqrokdurki, Haq subhonahu va taoloning ta’zimi dilda barqaror bo‘lur. To 
ta’zim g‘olib bo‘lmag‘uncha muqabbat g‘olib bo‘lmas. 
Va saodatning kamoli muhabbatning kamoli bilandur. Va lekin bu har kishiga muyassar 
bo‘lmas. Magar kishikim, Haq subhonahu va taoloning ato qilg‘on ne’matlarini tafakkur 
aylab, olamdagi mehnatlardan, bemorlik va darveshlikda (ko‘rgan) andog‘ 
uqubatlardan xalos qilg‘onig‘a shukrguzorliq qilsa. Va shukr qilg‘oni uldurkim, Haq 
subhonahu va taoloning farmoniga bo‘ysunib, gunoh va ma’siyatdan yiroq bo‘lg‘ay. 
Bas, kecha va kunduzlari bul tafakkurga mashg‘ul bo‘lg‘ay. 
Ammo, ikkinchi vird to oftob chiqqandan to choshtgohg‘acha (tushga yaqin vaqt-
peshin vaqtigacha)dir. Oftob bir nayza bo‘yi o‘rlaguncha masjidda sabr qilg‘ay. Vaqtiki, 
karohiyat vaqti o‘tsa, ikki rakaat namozi ishroq (quyosh chiqqondan so‘ng o‘qiladigan) 
namozni o‘tagay. To choshtgoh bo‘lg‘uncha zikr va fikrga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Va 
choshtgoh kunning to‘rt hissasidin avvalg‘i hissasidur. Bu vaqtda to‘rt rakaat namoz 
o‘tagay. (Ba’zi rivoyatda olti rakaat va ba’zida sakkiz rakaat). 
Naql qilubdirlarkim, odam namozi choshgoxdin forig‘ bo‘lsa, mo‘‘minlar xayriyotiga 
taalluqli ishlarga mashg‘ul bo‘lg‘ay. Chunonchi, kasal ko‘rmoq va namozi janozaga 
bormoq va musulmonlar hojatini ravo qilmoq va olimlar suhbatiga bormoq. 
Uchinchi vird choshgohdan to namozi peshing‘achadur. Mo‘‘minlar haqida 
turlicha fikr borki, barchasi to‘rt holatdan xoli bo‘lmas. Avvalg‘i holati ulki, kishi 
ilm o‘rganmakka mashg‘ul bo‘lsa, hech ibodat bundan fozilroq emasdur. Vaqtiki, 
farz namozlardan forig‘ bo‘lsa, ilm o‘rganmoqqa mashg‘ul bo‘lg‘ay. Va lekin ul ilmni 
o‘rgangaykim, oxiratda manfaat qilg‘ay. Dunyo rag‘batini zaif va oxirat rag‘batini 
qaviy (kuchli) qilg‘ay. Va yaxshi amallari ayb va ofatlarini vayron aylab, sidqi ixlos 
tarafiga boshlag‘ay. 
Ammo ilmi jadal (tortishuv, bahs) va xilof va ilmi qisas (qissachilik) va munga 
o‘xshash ilmlarkim, qofiya birla tartib beribdurlar, bu nav’i ilm dunyo hirsini ziyoda 
qilur. Hasad va mubohat ruxsatlar tuxmini ko‘nglida paydo aylar. Va ilmi nofe’ni 
(foydali ilmlarni) kitobi «Ihyoul ulum» va «Javohirul Qur’on» va bu «Kimyoyi 
saodat»da jam’ qildim. Bularg‘a boqib amal qilg‘ay. 
Ikkinchi holat ulki, ilm o‘rganmakka qodir bo‘lmas, lekin zikr, tasbih va ibodatg‘a 
mashg‘uldur, bu ham ibodatlar darajasidurkim, ulug‘ martabadur. Alalxusus, ul zikrki, 
dilg‘a g‘olib va barqaror bo‘lg‘ay. 
Uchinchi holat ulki, xalqqa rohat va osoyish bo‘ladurg‘on ishga mashg‘ul bo‘lg‘ay. 
Chunonchi so‘fiy, zohid, darveshlar va olimlarga xizmat qilg‘ay. Bas, bu nafl ibodatdan 
yaxshiroqdurki, ham ibodatdur va ham musulmonlarga rohat va ham solihlar ibodatiga 
ko‘makdurki, ularning duosi xosiyatlar bergusidur. 
To‘rtinchi holat ulki, bu xizmatga ham qodir bo‘lmasa va lekin o‘z axli ayolining 
nafaqasi uchun kasb va hunarga mashg‘ul bo‘lsa va yo xalqning amonatini saqlasa. 
Xaloyiqga uning qo‘li va tilidin ozor yetmasa. Va kifoyat qilg‘ulikdan ziyoda dunyoni 
talab etmasa. Bas, bu tariqa (yashash) ham ibodat jumlasidandur. Agarchi muqarrar 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin