Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
141
kanizakni ozod qildi. 
To‘rtinchi odob ulki, mehmondan sohibi xona qaysi taomni xohish qilursiz deb 
so‘ragay va mehmon xohish va orzusini ravo qilmoqning savobi ziyodadur. 
Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Bir odam mo‘‘min birodarining orzusini 
ravo qilsa, ming hasanot (yaxshiliklarni) aning nomai a’moliga biturlar va ming 
gunoxlarni yo‘q qilurlar va (uning martabasini) ming daraja baland qilurlar. Va uch 
jannatdan sarafroz qilurkim, Firdavs va Adan va Huld. Ammo qaysi taomni olib chiqay 
deb so‘ramoq mazmum va makruhdur. Balki uyidagi bor taomni olib chiqqay. 
FASL 
Mehmonni ziyofat qilmoq bayonida 
Bilgilki, onchakim mazkur bo‘ldi, chaqirilmagan va ziyorat uchun o‘zi kelgan 
mehmonning borasida edi. 
Ammo chaqirilgan mehmonning hukmi bo‘lakdur. Aytibdurlar, vaqtiki mehmon 
kelsa ortiqcha takalluf qilmag‘il. Ammo mehmon chaqirsang, hech nimarsani 
kamaytmag‘il. Qudrating yetguncha qilg‘ilki, ziyofatning fazilati bisyordur. Arablarning 
odatlari uldurki, agar uy egasi safarda bo‘lsa ham bir-birini mehmon qilurlar. Hazrati 
rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi mehmon charlamabdur, hech xayroti 
(yaxshiliklari) yo‘qtur». Yana aytibdurlar: «Mehmondorlikda takalluf qilg‘on jihatdan 
mehmonni dushman tutmangiz. Kishikim, mehmonni dushman tutsa, Xudo taoloni 
dushman tutqonidur». 
Ammo g‘arib mehmon kelsa, anga takalluf qilmoq ravodur. Ammo do‘stlar bir-birini 
ziyoratiga takalluf qilmag‘aykim, yiroqlig‘ga sabab bo‘lg‘usidur. Abu-Rofe’ Mavloiy 
r.a. aytur: 
«Rasul alayhissalom menga farmon qildilarki, falon juhudnikidan un olib kel, 
tokim rajab oyida kelgan mehmonlarga ziyofat qilg‘aymiz». Ul juhud qoshiga bordim. 
Juhud dedikim, «To garov bermaguncha un bermasman». Juhudning so‘zini rasul 
alayhissalomga arz qildim. Rasul alayhissalom aytdilarkim, vallohkim, men osmon 
va zaminda amindurmen, albatta qarzini berur erdim, deb zirhli ko‘ylaklarini 
berdilar, garovga qo‘yib, un olib keldim». 
Ibrohim alayhissalom mehmon talabida bir mil, ikki milliq yerga borur edilar. To 
mehmon tobmag‘uncha taom yemas edilar. Ular (mehmonlar)ni sidqlaridan mazori 
muboraklarida ziyofat qilmoq sunnat qolibdur. To bu vaqtg‘acha xech kecha mehmon holi 
emasdur va gohi bo‘lurkim, ikki yuz mehmon kelur. Mehmonlar uchun chandon dehalar 
(qishloklar) va yerlarni vaqf qilibdurlar. 
Bas, bilgilki, mehmon chorlamoqtsa sunnat uldurki, axli saloh, sofdil odamlardan o‘zga 
kishini chaqirmagay. Ahli fosiqga (buzuq kishilarga) taom bergan yomon ish 
qiluvchilarga quvvat bergan bo‘lur. Bas, faqirlarni chaqirg‘ay, boylarni chaqirmagay. 
Hazrati rasul alayhissalom aytdilar: «Eng yomon, badtarin taom shulki, to‘y qilib, kambag‘al 
va darveshlarni chaqirmay, ularni taomdan mahrum qilib, faqat boylarni chaqirurlar». 
Mehmondorlikda o‘zining qarindosh urug‘lari va do‘stu yoronlari esdan 
chiqmag‘aykim, muforaqat (uzoklashuv) bo‘lg‘usidur. 
Mehmon qilmoqdin faho nozish va lofu gazofni (maqganish, g‘ururlanishni) 
qasd qilmag‘ay. Balki sunnatni bajo keltirmak va darveshlarga rohat yetkazmoqni 
niyat qilg‘ay. Kishiki, mehmon bo‘lmoqni xohlamasa, ani chaqirmag‘ay, agar taomni 
karohiyat birla yesa, gunohga sabab bo‘lg‘ay. Ammo mehmon bo‘lmoqning odobi 
uldurki, kambag‘al va boyni farq qilmaslig‘i, uyida kambag‘al odam mehmon 
bo‘lganidan or qilmasligi kerak. 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin