www.ziyouz.com кутубхонаси
143
FASL Mehmonlar odobi bayonida Ammo mehmondorliqqa hozir bo‘lmoqning adabi uldurki sohibi xonani ko‘p intizor
qilmag‘ay va juda oldin ham bormag‘ay. Vaqtiki borsa, sohibi xona ishorat qilg‘an yerda
o‘ltirgay. Agar yana bir mehmon o‘zidan yuqoriga taklif qilsa, tavoze’ tariqin qo‘ldan
bermagay. Va ayollar o‘ltirgan uyning ro‘parasida o‘ltirmagay. Va taom pishiradurg‘on
yerga ko‘p qaramag‘ay. Va yonida o‘ltirg‘onlar bilan izzat-ikrom birla hol-ahvol
so‘rashgay. Va agarul majlisda shariatdan tashqari ish bo‘lsa, ul yerdan chiqib ketgay.
Ahmad Hanbal rahmatullohi alayh aytur: «Agar kumush surmadon bo‘lsa, ul
majlisda o‘ltirmoqxo‘b emasdur». Vaqtiki, kechqurun bo‘lsa sohibi xonaga adab
ulki, qiblani, xalo joyni mehmonga ko‘rsatg‘ay.
Ammo taom qo‘ymoqning odobi uldurki, mehmonga tortiladigan taomni
kechiktirmay, shoshilib, tezda bergayki, bu ham mehmonninghurmati jumlasidaidur.
Vaqtiki, chaqirilgan mehmonlarning qo‘pchiligi kelgan bo‘lsayu, yana keladiganlari
bo‘lsa, hozirlarning nasibasini bermak yaxshirokdur. (Ammo keladigan darvesh,
kambag‘al bo‘lsa, uning hurmati uchun taom tortishni biroz kechiktirish
xo‘broqdir). Hotam Asam rahmatullohi alayh aytur: «Shitob qilmoq
shaytoniydur.
Magar besh ishda shitob qshshoq rahmoniydur. Mehmong‘a taom bermoq va o‘likni dafn qilmoq va ojizani kuyovga bermoq, qarzni ado qilmoq va gunohdan tavba qilmoq». To‘y qilmoqda ham shoishlish sunnatdur, Ikkinchi odob ulki, mevani ilgari qo‘yg‘ay.
Dasturxonni tarra (non bilan yeyiladigan ko‘kat)dan xoli qilmag‘ay. Xabarda kelibdurki,
dasturxonda tarra bo‘lsa, farishtalar hozir bo‘lur. Kerakki, shirin va laziz taomni ilgari
qo‘ygay, toki mehmonlar laziz taomni yeb qorin to‘yg‘azg‘aylar. (Ba’zilar mehmonlarni
avval mazasiz taom bilan to‘ydirib qo‘yadi.) Taomni mexmon oldidan tez olmag‘ay.
Uchinchi odob ulki, oz taomni mehmonni oldiga olib chiqmagayki, bemuruvvatlik
bo‘lur. Va ko‘p ham olib chiqmag‘ayki, takabburlik va isrof bo‘lur. Agar bu niyat birla
olib chiqsaki, mehmonning oldidan qaytgan taomning qiyomat kuni hisobi bo‘lmas,
joizdur. Hazrati Ibrohim Adham raqmatullohi alayh taomni ko‘p olib chikdilar. Sufyon
Suriy rahmatullohi alayh aytdilar: «Isrofdan qo‘rqmasmusan?» Ibroxim Adham
aytdikim: «Taomda isrof yo‘kdur». Va bo‘lg‘aykim, avval kichik bolalar nasibasini
keltirgay. Va mehmon ketayotganida dasturxondan zalla (ya’ni, biror taomni) o‘zi
birla olib ketmog‘i ravo ermas. Bu, ba’zilar odatidur. Magar sohibi xona aniq ruxsat
etsa, joizdur. Va yo aniq bilsaki, zalla (mehmondorchilik dasturxonidan taom)
Oltandan sohibi xona xush bo‘lsa, bu suratda ham ravodur. Basharti olsa, kosadagi
taomning hammasini olmagayki, haromdur. Agar zalla olish soxibi xonaga malol
kelsa, haromdurki, o‘g‘irlab Oltondan muning farqi yo‘qdur.
Ammo mehmondorlikaan ketmoq odobi-to sohibi xonadan ijozat tilamaguncha
ketmagay. Mehmon uyidan chiqsa, sohibi xona yaxshi so‘zluk va ochiq chehralik
birla uzatgay. Agar mehmondan biror kamchilik sodir bo‘lsa, bildirmagayki, yaxshi
qiliq va yaxshi xo‘y chandon amallardan fozilroqdur.
Hikoyatda kelibdurki, Junayd rahmatullohi alayhni bir go‘dak mehmondorlikka taklif
qildi, go‘dakning otasining xabari yo‘q edi. Vaqtiki, go‘dak uyiga kirib ketdi,
mehmonni esdan chiqardi. Fursate turib, Junayd rahmatullohi alayh uyga qaytdilar.
Go‘dak uni yana chaqirtirdi. Ushbu tariqa to‘rt marotaba keltirib, to‘rt marotaba qaytardi.
Va Junayd bu go‘dakning raddu qabulidan Haq taolo raddu qabulini mushohada qilur
edilar.