Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
142
Hazrati rasuli alayhissalom miskinlarning (kulbalariga) mehmonga borur edilar. 
Hasan bin Ali r.a. (otliq) o‘tub borurda darvishlarni ko‘rdilarki, non burdalarini o‘rtaga 
qo‘yib, yeb o‘tiribdurlar. Darvishlar chaqirdilarkim, «Yo, farzandi rasululloh! Bizga 
muvofaqat qilg‘aysiz». Hazrati imom Hasan r.a. darhol otdan tushib, ular birla non 
yedilar va dedilarki, «Xudo taolo takabbur qilg‘uvchilarni do‘st tutmas». 
Va taom yeb bo‘lg‘ondin keyin darveshlarga dedilarki, «Tongla mening uyimda 
mehmon bo‘lg‘aysizlar». Ertasi kuni hazrati Hasan chin ixlos bilan taom tayyorlab, 
darveshlar birla yedilar. 
Ikkinchi odob ulki, agar bilsaki, mezbonning taomi shubhalidur va yo uyida 
makruhroq iimarsa bordur, chunonchi, bisotxonadagi gilami ipakdan bo‘lsa va yo 
kumush majmari (tutatqich) idishi bo‘lsa va yo tom shipida jonivorning surati bo‘lsa va 
yo ul majlisda raqs va simo’ bo‘lsa va yo kimdir masxara qilsa va yo fahsh so‘zlar aytsa 
va yo xotinlarni nazzora qilmoqg‘a hozir bo‘lsa, bu hamma ishlar mazmumdurki
mundog‘ yerga bormagay. Shunga o‘xshash, agar mezbon mubtadi’ (bid’atchi) bo‘lsa, 
yo fosiq va yo zolim bo‘lsa, maqsudi lof va takabburlik bo‘lsa, bu tariqa kishilarning 
mehmondorchiligiga ham bormagay. 
Agar borgandan keyin bu mazkur bo‘lg‘on makruhotlardan birini ko‘rib man’ 
qilolmasa, shu joydan ketmagi vojibdur. 
Uchinchi odob ulki, kechalikda mehmon qilmoqga taklif qilsa yo‘l yiroq deb man’ 
qilmagay (ya’ni, borishi kerak). Balki bormoq qiyin bo‘lsa, bormag‘ay. Tavrotda 
kelibdurkim, bir millik yerga borib, kasal ko‘ringlar va ikki milliq yerga janozaga 
qatnashinglar. Uch millik yerga mehmondorliqqa chorlasa ijobat qilinglar. To‘rt millik 
yerga borib, birodari mo‘‘minni ziyorat qilinglar. 
To‘rtinchi odob ulki, agar ro‘zador bo‘lsa ham, mehmondorliqqa chaqirsa ijobat 
qilg‘ay. Agar mezbonga og‘ir kelmasa bo‘yi xush va dilkash so‘zlarga qanoat qilib 
o‘ltirgay. Agar taom yemaganidin ranjur bo‘lsa, nafl ro‘zasini ochsin, chunki mo‘‘min 
odamnmng ko‘nglini shod qilg‘onning muzdi (savobi) nafl ro‘zadan chandon 
ziyodadur. 
Qazrati rasul alayhissalom mehmondorliqda ro‘za tutdim deb o‘tirg‘on kishig‘a inkor 
qilib aytdilarki, «Birodaring sening uchun riyozat tortg‘ay va sen ro‘za tutdim 
degaysen». 
Beshinchi odob ulki, mehmondorliqqa faqat qorin to‘yg‘azmoq niyatida 
bormag‘ay. (Suhbat uchun ham borish zarur). Hazrati rasul alayhissalomning 
sunnatiga amal qilg‘ay. 
Rasuli akram s.a.v. aytibdur: «Kim mehmondorliqqa chaqirganda uzrsiz rad etsa, 
Xudo va uning rasuliga osiydur». Ushbu sababdan aytibdurlarki, ijobati da’vat 
vojibdur va birodari mo‘‘minni izzat-ikrom qilmoq ham vojib bo‘lg‘ay. 
Xabarda kelibdur: «Birov bandai mo‘‘minni izzat-ikrom qilsa, Xudo azza va 
jallani izzatu ikrom qilg‘on bo‘lur». Va mo‘‘minlar ko‘nglini shod qilmog‘ niyatini 
qilg‘ay. 
Xabarda kelibdur: «Kimki, birodari mo‘‘minni shod qilsa, Xudo azza va jallani 
xushnud qilg‘on bo‘lur». Va sohibi xona niyat qilg‘ayki, birodari mo‘‘minni ziyorat 
qilmoq, Haq subhonahu va taologa qurbat (yaqinlik) jumlasidandur. Va g‘iybat 
qilmoqdan va badxo‘yluq va takabburlik qilmoqdan to‘xtashni niyat qilg‘aysen. 
Bas, bu olti niyatdurki, har biri o‘zgacha savobi bordur. Bu niyatlarni tutmoq qurbat 
jumlasidandur. Bas, mazhab va millat ulug‘lari harakati va sukunatini dinu diyonatga 
muvofiq qilmoq niyati birla yashabdurlar. Toki hech nafaslarini zoe qilmabdurlar. 


Kimyoi saodat. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin