www.ziyouz.com кутубхонаси
138
Qo‘lini yuvgandan keyin og‘zini chayqagay. Barmoqlari bilan tamog‘ini va
tishlariningtubini ishqab yuvg‘ay. Vaqtiki chilobchada yuvsa, og‘zining suvini ohista
to‘kg‘ay. Toki yonidagi o‘lturg‘on kishiga sachramagay.
Va majlisda ulug‘ kishilar bo‘lsa, ulug‘ kishilardan boshlab qo‘l yuvdirg‘ay. O’ng tarafdan
boshlab yuvdurub borgay. Va hamma odamlar yuvg‘on suvni chilobchinda jam’ qilg‘ay va
xar kishi yuvgon suvni alohida to‘kmagaykim, ajam xalqining odatidur. Agar hamma xalq
jam’ bo‘lib, yakbora yuvsalar yaxshiroq va tavozu’g‘a yaqinroqdur. Qo‘lg‘a suv quyib
beradurg‘on kishining yonida turub yuvmog‘i yaxshidur.
Xullas kalom, bu odoblar axbor va osor mazmuni birla sihhatg‘a yetibdur. Bas, odamiy
va hayvonot orasidagi farq ushbu odob birladurki, hayvonot nafsning taqozosiga ko‘ra
yemakg‘a mashg‘ul bo‘lur. Yaxshi va yomonning farqini bilmaski, anga imtiyoz
bermabdurlar. Bas, odamiyga aql va imtiyoz beribdurlar. Vaqtiki, bu odoblarni bajo
keltirmasa, aql va tamiz qaqini bajo keltirmasa, kufroni ne’mat qilgan bo‘lur.
Suv ichmakning odobi va tariqi. Ko‘zani o‘ng qo‘lida tutg‘ay. «Bismilloh» deb ichgay. O’ra
(tikka) turib ichmagay va yotib ichmag‘ay va ko‘zani ichiga yaxshilab qaragay, toki biron bir
yot narsa tushib qOltan bo‘lmasin. Agar bir navbat ichmak birla qonmasa, uch navbat ichgay
va har navbatda «Bismilloh» degay va suv ichib bo‘lg‘onda «Alhamdulilloh» degay va suv
ichib tashnalik daf’ bo‘lsa, bu duoni o‘qig‘ay:
Alqamdulillohillazi ja’ala al-mo’ firotan birahmatika va lam yahbala milhan ajojan
bi zunubino.
Duoning ma’nosi ulki, siposu sitoyish xosdur ul Xudogakim, suvni o‘zining lutfi va
marhamati bilan totlig‘ va pokiza qildi. Suvni tuzlik va sho‘r qilmadi, bizlarni gunoxlarimiz
ko‘p bo‘lsa ham.
Kishi birla taom yemak odoblari. Yuqorida mazkur bo‘lg‘on odoblar, faqat taom yemak
borasida erdi. Vaqtiki yana bir kishi birla taom yesa, avval bu odobga rioya qilg‘ayki, ilm
va fazilatda va yo zuhdu vara’da (pokizalikda) va yo o‘zga jihatlardan o‘zidan fozil va
muqaddam kishi taomga qo‘l uzatmag‘uncha, qo‘l uzatmagay.
Ikkinchi odob - xomush va suq (taomga tikilib) o‘ltirmag‘aykim, ajam xalqining
odatidur.
Yaxshi so‘zlarni va porsolar hikoyati va hikmatli so‘zlarini degay va behuda so‘zlarni
demagay.
Uchinchi odob - vaqtiki taom ikki kishining orasida bo‘lsa, hech holda hamrohidan ziyoda
yemagayki, haromdur. Balki rafiqiga havola qilg‘ay. Agar rafiqi ohista yesa, tez yedirmak
uchun qistamagaykim, ikki uch daf’adin ziyoda oling deb takalluf qilmag‘ay. Har vajhida
rafiqining shod va xushlug‘i birla taom yegay.
To‘rtinchi odob - rafiqiga ko‘p takallif qilmog‘ga hojat qo‘ymag‘ay, barobar yegay va
odatidan kam yemagayki, riyo bo‘lur. Va lekin yolg‘izliqda odob birla taom yemakni odat
qilg‘ay. Andog‘ki, xalq orasida ham tarki adab qilmagay. Agar ko‘p yemokdan sohibi xona
xush bo‘lsa, sal ko‘proq yesa bo‘ladi. Ibn Muborak rahmatullohi alayh darveshlarni mehmon
qilur edi. Va aytur ediki, har kishi ziyoda yesa, har dona xurmoga bir dirham kumush tanga
berurmen. Ersa yeb bo‘lg‘ondin keyin xurmo danaklarini sanar edi. Ziyoda yeganlarga har
donaga bir dirham berur edi.
Beshinchi odob ulki, taom tutgan kishining luqmasiga ko‘z solmag‘ay va o‘z oldidan olib
yegay.
Oltinchi odob ulqi, odamlarni tab’iga yoqmaydigan va nafrat yetkudek ishni qilmag‘ay.
Qo‘lini tabaqga silkitmagay. Va og‘zini tabaqni uzasida (lagan tepasida) tutmag‘ay.