www.ziyouz.com кутубхонаси
146
keltirolmas edi. Ul vaqtda hazrati Oisha roziyallohu anhuning qo‘llaridin tutib aytur
edilarki, «Kallimiyni, yo Oishati», ya’ni, «Ey, Oysha, mani so‘zga tutg‘il, toki bu
in’omi ilohiyni ko‘tarmakka quvvat va ilhomi nomutanohiyg‘a (Alloh taolo
tarafidan cheksiz kelayotgan ilhom) bardosh qilmoqg‘a toqat hosil qilg‘aymen».
Hazrati Oisha roziyallohu anhoning takallumlari obihayoti ishq sharorig‘a (ishq
alangasiga) taskin va xazil-mazoq sharbati hazrati rasuli alayhissalom ko‘ngillari
iztirobig‘a tamkin yetkurmoq birla ul asrori Ilohiy tashnalig‘ig‘a zavqu shavq g‘olib
bo‘lib, aytur erdilarkim, «Arihno, yo Bilol! Azon nidosi birla mushtoq ko‘nglumg‘a
rohat, salot va iqomat sadosi birla ishtiyoq xotirimg‘a sururi behjat (kuvonch) yetkurgil,
tokim namozga yuz kelturmak birla ilhomi ilohiy va altofi nomutanohiydan
sarafroz bo‘lay», der erdilar va gohi xush bo‘ylik birla mashom, dimog‘
puroshomlarig‘a muattar kuvvat yetkurlar erdilar. Ushbu sababdan rasul alayhissalom
ayturlarki, «Sizlarni dunyoinglardin uch nimarsani do‘st tutarmen: bo‘yi xush va zanon va
ro‘shnoi chashmi, ya’ni, dimog‘imni muatgar qilmoqg‘a xush bo‘ylik va ko‘nglumni ovutmoqg‘a
mahbubi dilkash va ko‘zum ravshanlig‘i uchun namoz o‘tamakdur». Bas, bo‘yi xush va xotin
badanning osoyishidurki, bulardan namozga quvvat hosil bo‘lur. Ko‘zning ravshanligi
namozdur.
Rasul alayhissalom sahobalarni mol-dunyodin man’ qildilar. Umar r.a. aytdilarkim,
dunyolikdan qaysi narsani lozim tutg‘aymiz? Rasul alayhissalom aytdilarkim:
«Li yattaxiz ahadukum lisonan zokiran va qalban shokiran va zavjatan mo‘‘minatan». Ya’ni, Tili zokir va qalbi shokir va porso (pokiza) ayollarni lozim tutinglar» dedilar. Bas,
porso (pokdil) xotinlarni shukr va zikr qatorida sanabdurlar.
To‘rtinchi foydasi ulki xotin olmoq birla uy ichidagi ba’zi ashg‘olidan, chunonchi, taom
pishirmoq va kir yuvmoq va aksar ashg‘oldan forig‘ bo‘lur. Agar kishi bu ishlarga mashg‘ul
bo‘lsa, ilm va amal va ibodat qilmoqg‘a mone’ bo‘lur. Ushbu sababdan xotin olmoqni rohi
din jumlasidan sanabdurlar. Salmon aytibdurlarki: «Porso xotin dunyo jumlasidan ermas,
oxirat jumlasidandur. Ya’ni, seni dunyo ashg‘olidan (ishlaridan) forig‘ qilur va oxirat
sarmoyasini toparsen». Hazrati Umar roziyallohu anhu ayturlar: «Iymondan keyin porso
xotinlardan ulug‘roq hech ne’mat yo‘qtur».
Beshinchi foyda ulki, xotinlarni bad fe’lligiga sabr qilmoq, ularning muhimmotini -
kerakligini topib bermoq va bularni shar’i sharif birla orasta qilmoq mujohadasiz,
nafsni yengish yo‘lida jihodsiz va mashaqqatsiz muyassar bo‘lmas. Bu nav’
mujohadalar aksari ibodatdan fozilroqdur.
Xabarda kelibdurki: «Ahli ayol nafaqasi sadaqadan ortiqroqdur». Buzurglar aytibdurlar:
«Ahli ayol nafaqasi uchun kasbi halol qilmoq yaxshilar, ya’ni, avliyoullohlar ishidur».
Ibnul Muborak rahmatullohi alayh tabaqai buzruglar birla g‘azotda edilar, bir kishi so‘radi,
«g‘azotdan yaxshiroq va ortiqroq amal bormuki, anga mashg‘ul bo‘lg‘aymen?»
Ulug‘lardin biri dedilarkim, «Shundan fozilroq xech amalni bilmasmiz». Ibnul
Muborak dedikim, «Men bilurmen. Kishikim ahli ayoli bo‘lsa, ularni saloh birla tutib,
ye.makka taom va kiymakka libos topib bersa, bu amal g‘azotdan ortiqroqdur». Bishr
Xofiy rahmatulloqi alayh aytur: «Ahmad Hanbalda uch fazilat bordurki, menda
yo‘qdur. Ahmad Hanbal o‘zi uchun va ahli ayoli uchun halol talab qilur. Ammo men
o‘zim uchun halol talab qilurman».
Bas, xabarda kelibdurki, gunohlar jumlasidan bir gunoh bo‘lurki, ul gunohga ahli ayollari
nafaqasi ranjini tortmoqdan o‘zga hech nimarsa kaforat bo‘lmas.
Ulug‘lardan birining xotini vafot bo‘ldi. So‘ng harchand xotin olmoqg‘a targ‘ib qildilar,
qabul qilmadi. Aytur erdiki, tanholikda adlni hozirroq va qimmatni kamroq
ko‘rarmen. O’sha kecha tush ko‘rdiki, osmon eshiklari ochilibdur, bir guruh erkak
bir-birining orqasidin o‘tub borurlar. Ersa bir buzurg ro‘barasig‘a yetib erdi, avvalgisi