Microsoft Word kimyoi saodat ziyouz com doc



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/239
tarix26.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#90079
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   239
Imom G\'azzoliy. Kimyoi saodat

www.ziyouz.com кутубхонаси 
149
va jamol jihatdan xotin olsa, har ikkisidan mahrum qolur. Agar dinini sakdamoq niyatida 
xotin olsa, ham mol va ham jamoldan maqsudi hosil bo‘lur. 
Ikkinchi sifat xushfe’llilikdurki, badxo‘y xotun nosipos (yaxshilikni bilmaydigan, 
noshukur) bo‘lur. Molini isrof qilur va ayshi nishoti tang bo‘lur va nizo, janjalga sabab 
bo‘lur. 
Uchinchi sifat-jamoldurki, xotun unsu-ulfatg‘a sabab bo‘lg‘usidur. Ushbu jihatdan, 
oladurgon ayolni nikohdan ilgari ko‘rmak sunnatdur. Rasul alayhissalom aytibdurlar: 
«Ansoriyning xotinlari ko‘zida nimarsa bordurkim, ko‘ngil andin nafrat qilur. Kishi bu 
xotinlardan olmoqni xohlasa ko‘rib olg‘ay. Va aytibdurlarki, «Kishi ko‘rmay xotin olsa, oxiri 
anduh va pushaymonliq bo‘lg‘usidur». 
Yana aytibdurlar: «Xotinni din saqlamoq uchun olg‘il. Jamol uchun olmag‘il». Bu hadisning 
ma’nosi dalolat qilurki, jamol ham bo‘lg‘ay. Ammo din asramoq niyatida olg‘ay. Va kishi 
maqsudi farzand va mutobaati sunnat qilmoq bo‘lib, jamol izlamasa, zuhdning bir 
tariqasidur. Ahmad Hanbal rahmatullohg‘a ikki hamshira xotinni arz qildilarkim, biri 
sohibjamol va biri g‘ilay erdi. Axmad Hanbal g‘ilayni ixtiyor qildilar. Sababini so‘radilar, 
Ahmad Hanbal aytdilarki, shunisi tinchrokdur. 
To‘rtinchi sifat ulki, mahri yengil bo‘lg‘ay. Rasuli akram s.a.v. o‘n dirham mahr ta’yin 
qilibdurlar va o‘z farzandlarig‘a to‘rt yuz dirhamdan (kumush tanga) ziyoda ta’yin 
qilmabdurlar. 
Beshinchi sifat ulki, tug‘mas bo‘lmagay. Rasul alayhissalom aytibdurlar: 
«Tug‘mas xotindan uyning go‘shasidagi bo‘ryo afzaldur». (Tug‘olmasa uzrlidir - red.) 
Oltinchi sifat - bikr (turmushga chiqmagan yosh afifa qiz, bokira) xotin olg‘aykim, 
unsu-ulfatga yaqinroq bo‘lur. Erga tekkan xotin aksar avvalgi erig‘a nigoron bo‘lur. Jobir 
roziyallohu juvon xotin oldilar. Hazrati rasuli akram s.a.v. aytdilar: «Nima uchun bikr 
xotin olmadingkim, ul sanga noz qilur erdi va sen anga». 
Yettinchi sifat ulki, sohib nasab xotin olg‘aykim, ahli nasabdan islom salohiga foyda 
qilur va ayol nasabsiz, fe’li yomon bo‘lsa, farzandiga ta’sir qilur. 
Sakkizinchi sifat ulki, (yaqin qarindosh) urug‘, tuqqonlaridan xotin olmag‘ay. 
Xabarda kelibdurki, agar farzand vujudg‘a kelsa za’if bo‘lur. Bu sababdanki, erlar zavqu 
shahvatda qarindosh-urug‘lariga sust va za’ifroq bo‘lurlar. Bas, xotinlar sifati 
ushbudirkim, mazkur bo‘ldi. (Qoni yaqinligi ham to‘g‘ri kelmaydi). 
Ammo ota, ona ojizasini (qizini) kuyovga berur bo‘lsa, ani maslahatida yaxshi 
o‘ylab ko‘rg‘ay. Loyiq va sazovor kuyovni ixtiyor qilg‘ay. 
Badxo‘yliq va qurukliq, ya’ni qabih va nafaqadan ojizliq qiladurgon kuyovdan hazar 
qilg‘ay. O’z tengiga bergay va fosiqga qiz berish ravo emasdir. (Fosiq - ichi qora, fisq, 
fasodchi, janjalkash). Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kim farzandini fosiqga bersa
qat’y rahm qilgonidur». (Qizidan voz kechganidir). Rasul alayhissalom aytibdurlarkim: 
«Qizini kuyovga bergani erig‘a qul qilib bergani bo‘lur. Yaxshi o‘ylab ish qilinglarki, 
nechuk kishig‘a qul qilursizlar». 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   239




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin