www.ziyouz.com кутубхонаси
152
mushohada qilsalar edi, masjidga kirmakka hargiz ijozat bermas edilar». Bas, bu
zamonada xotinlarni masjid va majlisdan man’ qilmoq farzdur. Magar beva ayolkim,
chodirpo‘sh bo‘lsa, bu jumladan ermasdur. Bas, fitnaning ko‘prog‘i nazardan paydo
bo‘lar. Er-xotinlarni imkon qadar (ko‘cha va bozorga chiqishini) man’ qilmoq kerak.
Hazrati rasuli akram s.a.v. Oysha r.a.ning hujralarida ayollari birla o‘tirgan edilar. Bir
nobino (ko‘zi ko‘r) kirib keldi. Ko‘zi ko‘r ekan, deb aningdan pinhon bo‘lmabdilar.
Hazrati rasuli akram sa.v. «Sizlar ham ko‘rmu?» deb g‘azab qildilar.
Oltinchi odob ulki, ahli ayolig‘a yaxshi nafaqa bergay (qodir bo‘lsa ro‘zg‘orni mo‘l qilib
qo‘yar) va tanglikka solmagay va isrof ham qilmag‘ay. Bilgilki, ahli ayolig‘a, bolalariga
qilg‘on nafaqa (xarajat)ning savobi sadaqaning savobidan ziyodadur.
Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «G’azotg‘a nafaqa qilg‘on dunyoning
savobidan va qul ozod qilg‘onning savobidan va miskinlarga bergan dunyoning
savobidan ahli ayolig‘a nafaqa qilg‘onning savobi ziyodaroqdur. Hech laziz taomni
yolg‘iz yemagay. Tayyor qilmoqg‘a qudrati yetmaydurgon taomni ahli ayoli oldida
aytmagay».
Ibn Sirrin rahmatullohi alayh aytur: «Haftada bir navbat laziz taom nafaqa qilg‘ay.
Masalan, halvoyi shirinkim, laziz taomdan to‘xtatmoq muruvvatdan emasdur». Bas,
taomni xotini birla yegay. Xabarda kelibdurki, Haq subhonahu va taolo va farishtalar
xotini birla taom yegan kishig‘a salavot yuborurlar. Va asl uldurki, ahli ayolig‘a
haloldan yedirib, ichirgay. Hech xiyonat va jafo shundan ziyoda bo‘lmaski, axli ayolini
haromdan topib, yedirib, parvarish qilsa.
Yettinchi odob ulki, xotiniga namoz va ro‘za va hayz, nifos mas’alalarini va bundan
o‘zga ham keraklik mas’alalarni yaxshilab o‘rgatgay. Agar eri o‘rgatmasa, xotinig‘a
vojibdurki, yana birov qoshig‘a borib o‘rgang‘ay va agar eri o‘rgatmakdan taqsir qilsa,
gunohkor bo‘lur.
Chunonchi, Haq taolo xabar berur:
«Yo, ayyuhal-lazina a’manu quv anfusakum va ahliykum noran». (At-tahrim, 6). Oyatning tafsiri ulki: «Saqlanglar o‘zinglarni va xotinu farzandlaringizni do‘zax otashidan». Bu miqdor mas’alani o‘rgatgayki, vaqtiki, oftob botmasdan ilgari hayz to‘xtagan
bo‘lsa, namozi peshin va namozi digarning qazosini o‘tagay. Vak^iki, oftob chiqmasdan
ilgari hayzto‘xtagan bo‘lsa, namozi shom va namozi xuftonning qazosini o‘tagayki,
aksar ayollar bu mas’alani bilmaslar.
Sakkizinchi odob ulki, ikki xotini bo‘lsa, bu ikkalasini hamma ishda barobar ko‘rgay.
Xabarda kelibdurki, kimning ikki xotini bo‘lsa, hamma ishda barobar ko‘rmay, birini
ziyoda ko‘rsa, qiyomat kuni bir tarafig‘a qiyshiqturar. Barobar tutmag‘onliq sababidan.
Nafaqa va kisvatda (kiyim, ust-bosh), kechalikda qoshig‘a qo‘nmokda tenglik
vojibdur. Ammo yaxshi ko‘rish va muomalada vojib emasdurki, muhabbat ixtiyoriga
tobe’ ermas.
Hazrati rasul alayhissalom har kecha azvoji mutahharotning biriga yaqinlik
qilardilar va Oysha roziyallohu anhoni do‘stroq tutar erdilar va aytur erdilar, «Ey, bor
Xudoyo, onchakim ixtiyorim tasarrufidagi ishda adl qilmoqni istarman. Ammo ko‘nglum
ixtiyori menda emasdurki, o‘zing donosen».
Va kishikim, anga bir xotin kifoyat qilsa, yana xotin olmagay. Oltan bo‘lsa, uni zoe’
qilib, behuda bandga solmag‘ay. Hazrati rasul alayhissalom Savdo roziyallohu
anhoningtalog‘ini bermakni xohish qildilar, yosh jihatdan azvoji mugahharotning kattarog‘i
erdilar. Savdo roziyallohu anho arz qildiki, «Mani taloq qilmag‘aylar». Man o‘z navbatimni
Oyshag‘a berdimki, to qiyomat kuni azvoji mutahharot zumrasida turg‘aymen». Bas, ani