www.ziyouz.com кутубхонаси
160
xusumatga yetkizsa, ijorani botil qilur.
Beshinchi akd muzorabadur. Muning uch rukni bordur. Avvalgi rukn sarmoyadurki, naqd
bo‘lg‘ay. Agar oltin va kumush bo‘lsa vazni ma’lum bo‘lg‘ay. Ikkinchi rukn sud
(foyda)dur, omil (ishlovchi) va molik (sarmoya egasi) orasidagi ta’yin qilg‘on foydasi
ma’lum bo‘lg‘ay. Masalan, hosil bo‘lg‘on foydaning yarmini, yo uchdan birini egasiga
bermakchi bo‘lg‘ay. Agar molik aytsa, senga foydadan o‘n tangani va yo yigirma
tangani beray, qolg‘oni manga bo‘lsun» deb - bu tariqa ta’yin qilmoqbotildur.
Uchinchi rukn amal qilish shartdur, ul tijoratdurki, olmoq va sotmokdur, hunar va
peshavarlik emas. Agar bug‘doyni nonvoyga sherikg‘a bersa durustdur. Bu tariqa
birla axd qilg‘aykim, molik degaykim, «Bu molni sizga berdim, tokim tijorat qilib, hosil
bo‘lg‘an foydaning yarmini menga bergaysiz». Omil degaykim, «Qabul qildim». Vaqtiki
aqtsi tamom bo‘ldi, omil vakildurki, olmoq va sotmoq va bekor qilmog‘i mumkundur.
Oltinchi aqd shirkatdurki, agar mol mushtarak bo‘lsa. Aqdi shirkat uldurki, ikki
kishi barobar pul chiqarib, tijorat qilib, foyda va zararig‘a sherik bo‘lib, hosil
bo‘lg‘on manfaatni barobar olmoqdur. Bu akd durustdur. Basharti xiyonat bo‘lmasa.
FASL Aqdi muzoraba va shirkat bayonida Bilgilki, oncha yuqorida mazkur bo‘ldi, zohir shariatda muomalaning durustlig‘i
bayonida edi. Ammo muomala bisyordurki, durustlig‘ig‘a fatvo berurmiz. Va lekin ul kishi
la’natga sazovor bo‘lg‘usidurki muomalasidan musulmonlarga ranj va ziyon yetgay. Bu
ikki qismdur. Biri om (maviy), yana biri xos qism. Avval uldurki, ranji omaviy bo‘lur, ul
ikki nav’dur. Nav’i avval - ixtikor muxtakir (ya’ni bug‘doy yig‘ib jamlab, uyga bosib qo‘yib,
qachon bug‘doy qimmat bo‘lsa sotaman, degan inson mal’undur). Muhtakir deb ul
kishini ayturlarkim, oshliq yig‘ib, qimmat bahoga chiqqanda sotqay va narxning bapand
bo‘lmog‘ini talab qilg‘ay. Hazrati rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi, bahosi qimmat
bo‘lishini kutib, oshliqni uzoq muddat saklasa, ul taomning hammasini bergan birla
ham ul gunohiga kaforat bo‘lmas».
Yana aytibdurlar: «Kishi taomni bahosi og‘ir bo‘lmoq uchun saqlasa, Xudo taolo ul kishidan
bezor bo‘lur». Yana aytibdurlar: «Kishi oshliqni shaharg‘a olib borib, arzon bahosig‘a sotsa, ul
oshliqning hammasini sadaqa qilg‘onning savobini topg‘ay. Va yana bir rivoyatda qul ozod
qilg‘onning savobini topar», debdurlar.
Hazrati Ali r.a. aytibdurlar: «Kishi taomni bahosi og‘ir bo‘lmog‘ uchun saqlasa, ul kishini
ko‘nglig‘a zang va (qoralik) o‘tirur. Ul taomga o‘t qo‘ymoq kerak». Tobe’indan ba’zilari Vosit
degan shahardan Basrada sotqali vakilidan oshliq yubordilar. (Vakil) Basrag‘a borib
ko‘rdiki, oshliq nihoyat arzon ekan. Bir hafta to‘xtatib, ikki barobar qimmatbahoga sotib,
bo‘lg‘on voqeani yozib xat yubordi. Vosit shahridan aytib yubordilarki: «Men dinimni salomat
sautash uchun ozroq foydaga qanoat qilur edim. Sen esa ko‘p foyda topmoqning evaziga
dinimni barbod qilibsan. Bas, bu ishni kaforatig‘a hamma molni sadaqa qilg‘il. Mundan
keyin sen meni ko‘rmagaysen va men seni». Bilgilki, bu haromliqning sababi haloyiqqa
zarar yetgan jixatdandurki, odamiyning quvvati taom birladur. Kishi hamma xalq bahra
oladurg‘on taomni to‘xtatsa, xalqning manfaatig‘a zomin bo‘lg‘uvsidur. Bas, taomni
qimmatbahoga sotmoq niyatida sakutamoq haromdur.
Ammo dehqonkim, ziroat qilmoq va oshliq olmoq aning xossasidur, oshliqni xohlagan
vahtida sotqay, shoshilib sotmag‘ay. Va lekin ko‘nglida bahosini oshirish rag‘bati bo‘lsa
gunohkor bo‘lur. Bilgilki, doruni va munga o‘xshash nimarsalarni to‘xtatib,
qimmatbahoga sotmog‘i harom emasdur. Go‘sht-yog‘, munga o‘xshash nimarsalarni yig‘ib,
qimmatbahoga sotmoqning haromlig‘ida ixtilof qilibdurlar. Sahih ulki, karohiyatdin xoli