www.ziyouz.com кутубхонаси
161
emas va oshliqni qimmatbahoga sotmoqni talab qilmoq ul vaqtda harom bo‘lurki, maosh
tanglik bo‘lsa. Ammo olmoq va sotmoqg‘a osonlik birla topilsa harom emasdur. Ammo
makruhdur.
Muqaddamlar ikki tariqa tijoratni makruh sanabdurlar, biri oshliq sotmoq,
yana biri kafan sotmoqdurki, xaloyiqning o‘limi va ranji mashaqqatig‘a intizor bo‘lmoq
mazmum va makruhdur.
Ikkinchi nav’ hunarni ham mazmum (yomon) sanabdurlar: biri qassobliq, ko‘ngilni qatgiq
qilur. Ikkinchi zargarlikki, uning molini Oltanlar dunyo oroyishig‘a aldangan bo‘lur.
Ikkinchi nav’ nosara, o‘tmas pulg‘a savdo qilib, ommai xaloyiqg‘a ranj yetkizguvchi ham
mal’undur. Agarchi nosaralikni bay’ bilib, qo‘lig‘a olsa ham, necha kishining qo‘lig‘aki, ul
pul yo‘tkaladur (qo‘ldan-qo‘lga o‘tar), asosiy gunohbirinchi bo‘lib o‘tmas pulni bergan kishining
zimmasiga tushadi, asosiy zomin o‘shadur. Buzruglardan biri aytibdurki, «Bir nosara (o‘tmas,
qalbaki pul) dirhamni xarjlagan yuz dirham o‘g‘irlagandan yomonroqtsur. Bu vajhtsanki,
o‘g‘irliqning gunohi nomai a’molig‘a bir daf’a bitilur. Ammo qalbaki pulni xarjlaguvchi ul pul
qiyomatg‘acha necha kishining qo‘lig‘a o‘tibdur, aning otig‘a gunoh bitilur. Ajab badbaxt
kishidurki, o‘zi o‘lgay, gunohi to qiyomatg‘acha kundan-kunga ziyoda bo‘lib, uni do‘zaxga
tashlagay.
Ikkinchi vajh-savdogarga vojibdurki, yaxshi va yomon, sara va nosarani tanigay. Agar (shu
ishda) soxta pul bilan birovga manfaat bersa, hamma musulmonlar haqig‘a xiyonat qilg‘on
bo‘lur.
Uchinchi vajh-agar nosarani olsa, bu nav’ birla olg‘ayki, hazrati Rasul alayhissalom
aytibdurlar: ya’ni, rahim qilg‘ay Alloq taolo ul kishig‘aki, bermak va olmakni sahl va
yengil tutubdur va lekin qalbaki pulni yo‘q qilib yuborish uchun chuqurga va yo daryog‘a
tashlamoq niyatida olg‘ay. Ammo sarf qilmoq andishasini ko‘nglig‘a zinhor olmag‘ay.
To‘rtinchi nosara uldurki, unda oltin va kumush aralashmagan ammo oltin va
kumush qoplangan bo‘lsa, ani chuqurga tashlamoq lozim emas. Ani xarjlashda ikki
ehtiyotni rioya qilg‘ay. Biri ulki, aning nosaraligini aytib va ko‘rsatib xarj qilg‘ay.
Ikkinchi bir kishig‘a berur bo‘lsa, e’timodli kishig‘a bergayki, yana birovg‘a firib
bermagay. Bas, urush yarog‘ini qaroqchig‘a va uzumni aroq qiladiganga sotmag‘ay. Ikkinchi qism - zulmi xosdurki, o‘zidan bo‘lak kishig‘a ma’siyati yetmas. Va har
muomalaki, andin yana birovga zarar va zulm yetsa haromdur. Kishi o‘zig‘a ravo
ko‘rmagan ishini yana bir musulmong‘a ravo ko‘rsa iymoni komil emasligining
nishonasidur.
Muning tafsili to‘rt vajhdur. Avvalgi vajh buki, sotadigan narsasini haddan ziyoda ta’rif
qilib maqtamagay, ham yolg‘on bo‘lur va ham firib bergan bo‘lur va zulm qilg‘on bo‘lur.
Savdo qilishda ont ichmag‘ayki, agar yolg‘on bo‘lsa, gunohi kabiradur. Agar rost bo‘lsa,
Haqtaoloning ismi shariflarini past narsa uchun zikr qilg‘on bo‘lurki, Alloh ismiga
behurmatlik qilg‘on bo‘lur.
Xabarda kelibdurki, «Voy ul savdogarlar holig‘akim, «Valloh, Billoh»din parhez
qilmagaylar. Voy ul hunarmandlar holig‘aki, bukun beraman, ertaga beramandan
o‘zlarini ehtiyot qilmaslar». Xabarda kelibdur: «Kishi sotayotgan matoga ont ichmak
birla rivoj bersa, Haq taolo ul kishig‘a qiyomat kuni hargiz rahmat nazari bilan
qaramas».
Ikkinchi vajh buki, matoning hech bir aybini xaridordan pinhon qilmag‘ay va
hammasini rosti birla aytgay va agar pinhon tutsa, xiyonat qilgan bo‘lur. Agar sotayotgan
molini chiroylik tomonini ko‘rsatib, ayblik tomonlarini bekitib, xaridorga sotsa zolim va
xiyonatkor bo‘lur.
Xazrati rasul alayhissalom o‘tub borur edilar, ko‘rdilarki bir kishi bug‘doy sotib
o‘tiribdur. Muborak qo‘llarini qopg‘a uzatib, orasidan xo‘l bug‘doy olib g‘azab birla dedilarki,