www.ziyouz.com кутубхонаси
159
bo‘lg‘ay, chunonchi bir botmon. Beshinchi shart - musallamun fiyhini beradurg‘on
vaqti ma’lum bo‘lg‘ay, chunonchi «qo‘y va sigir, echki, mollar bolalaganda beraman»
demasin, munga o‘xshash nimarsaga bay’ qilmoq durust ermas, chunonchi rabi’ul
avval va yo rabi’ul-oxirda. Oltinchi shart - ra’sul-molni miqdori ma’lum bo‘lg‘ay.
Masalan, o‘n tanga va yo o‘n besh tanga. Yettinchi shart -musallamun fiyhini
beradurg‘on, ya’ni ta’iyn qilg‘on vaqtiki, musallamun fiyhini rubbul-salamga
topshurmoqda mashaqqat bo‘lsa. Ammo mashaqqat bo‘lmasa, makon ta’yin
qilmoq shart emastur. Va bay’i salam durust emas, to ra’sul- molni bay’i va xaridor
ajratib, farqlab olmag‘uncha. Har nimarsaki, ma’dudot (hisob-kitob)da
tafovutlig‘dur,
ul
nimarsada bay’i salam durust emas.
Bilgilki, musallam fihida bay’ qilg‘ondan to muddat tamom bo‘lib, rubbus-salamg‘a
topshurg‘uncha sotmoq va olmokda bo‘ladurg‘on bay’i salam joizdur. Ammo bay’i
salam vaqtida va yo muddat tamom bo‘lg‘onda muning orasida (uzilish) bo‘lib, olmoq
va sotmoqga topilmaydurg‘on nimarsada bay’i salam durust emas.
To‘rtinchi aqd ijoradurkim, ikki rukndur. Avvalgi.rukn -ijara, ikkinchi rukn -
manfaatdur. Bas, bu ijara va manfaat har ikkisi ma’lum bo‘lg‘ay. Ammo ijob va
qabul lozimdur. Andog‘kim, «Kitobi bay’»da bayon qildim. Bilgil, qar shartiki, bay’ni
fosid qilur va har jaholatkim, bay’ni fosid qilur, ijorani ham fosid qilur. Bas, maqsudi
ilayhi, ya’ni ijarag‘a beradurg‘on nimarsa, masalan, tegirmon va yo hammom
ma’lum bo‘lg‘ay. Masalan, oyda bir tanga yo ikki tanga va muddati ham
ma’lum bo‘lg‘ayki, bir oyliq va yo bir yilliq. Va bulardan qaysi biri majhul (noaniq)
bo‘lsa, ijara fosiddur. Ammo manfaat ma’lum. Bilgilki, har amalki, muboh bo‘lsa, ul
amal ma’lum bo‘lsa, ijara durustdur.
Bas, aqdda besh shartni rioya qilg‘ay. Avvalgi shart ulki, qiladurg‘on amalning qadri va
qiymati bo‘lg‘ay. Agar qadri-qiymati bo‘lmasa ijara fosiddur. Masalan, ushbu do‘konni
supurib, pokiza qiling, ajrig‘a (evaziga) bir non beray, desa nodurustdurki, bu ish uchun
bay’ning qadri va qiymati bo‘lmas. Va agar ikki kishining orasida savdo qildirg‘uvchi
qimmatlik kishi bo‘lib, bir-ikki og‘iz so‘zlamog‘i birla bay’ voqe’ bo‘lsa, muncha ishga
ijora olmog‘i haromdur. Balki dallol va miyonachilarg‘a ul vaqtda ajr olmoq halol
bo‘lurki, olg‘uvchi va sotquvchi orasida oncha so‘zlagaykim, o‘zig‘a ranj va mashaqqat
yetgay. Bas, mashaqqatiga qarab ajr olg‘ay. Ammo molning qiymatiga va yo o‘zining
hurmatig‘a boqib ajr olmog‘i haromdur.
Bas, dallol va miyonachilar ikki tariqa birla haromdin xalos bo‘lurlar. Avvalgi tariqa
bulki, har nimarsaki savdo qilguvchilar bersa qabul qilgay, ranj-mashaqqatdan ziyoda
talab qilmag‘ay va mato’ning qimmatbaholig‘ini orag‘a solmag‘ay. Ikkinchi tariqa
ulki, dallol aytmag‘ayki, bu mato’ni olib bersam, bir dirham va yo bir dinor bering va
yo bahosining o‘n hissadan bir hissasini bering deb ta’yin qilmag‘ayki, haromdur.
Ikkinchi shart ulki, ijoraga olg‘on nimarsaning manfaati ma’lum bo‘lg‘ay. Agar
manfaati majhul (noaniq) bo‘lsa, nodurustdur.
Uchinchi shart ulki, andog‘ amalni ijorag‘a olg‘aykim, shariatda ul ishni qilmoq
halol va muboq bo‘lg‘ay. Ammo harom ishni ijora olmoq haromdur.
To‘rtinchi shart ulki, o‘zig‘a vojib bo‘lg‘on ishni birovga ijoraga bermoq
nodurustdur. Chunonchi, g‘oziyni g‘azot qilmoq uchun ijoraga olmoq nodurust. Aning
uchunkim, safg‘a hozir bo‘lg‘on vaqtda g‘azot qilmoq o‘zig‘a vojib bo‘lur.
Beshinchi shart ulki, amali ma’lum bo‘lg‘ay. Masalan, chahorpoyni kiraga
bersa bo‘lg‘ayki, kiraga berguvchi anga yuklaydurg‘on yukini va (yuradurg‘on)
yo‘lini ta’yinini bilgay va agar yerni ijorag‘a bersa, ziroatni ta’yinini bilgay.
Masalan, bug‘doy yo arpa deb ta’yin qilg‘ay. Va har jaholatkim, nizo va